O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Hind okeanining Sharqiy qismida Markaziy va G‘arbiy Avstraliya botiqlarini bir-birdan ajratib turuvchi Sharqiy Hind



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə144/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Hind okeanining Sharqiy qismida Markaziy va G‘arbiy Avstraliya botiqlarini
bir-birdan ajratib turuvchi Sharqiy Hind tog‘ tizmasi meridional yo‘nalishda 
cho‘zilib yotibdi. Tog‘ tizmalarining kengligi 400-800 km gacha va balandligi 2-3
km gacha boradi. Okeanning janubiy qismida yirik geomorfologik struktura - 
Kergilin suv osti platosi joylashgan. Plato yuzasida miotsen davrida harakatda



bo‘lgan qadimiy suv osti vulkanlari ko‘p uchraydi. Vulkanlarni ayrimlarini


cho‘qqilari suv sathidan ko‘tarilib Kergelen va Xyord orollarini hosil qilgan. 
Vulkanlar asosan bazaltlardan tarkib topgant. Platoda bazaltdan tashqari
granodiorit va paleogen ohaqtoshlari ham topilgan. 
Sharqiy Hind suv osti tog‘ tizmasining eng janubiy chekkasidan sharq
tomonda G‘arbiy Avstraliya tizmasi joylashgan. Bu tog‘ning orografik tuzilishi 
ancha murakkab bo‘lib platosimon ko‘tarilmalardan va yaqqol ko‘tarilib turgan
tektonik tizmalardan tarkib topgan. 
Okean tagi rel’f shakllarining murakkablashishida tektonik yoriqlar ham
muhim rol o‘ynaydi. Ammo bu yerdagi yoriqlar Tinch okeandagi yoriqlardan farq 
qilib, ular asosan meridional va submeridional ravishda yo‘nalgan. Ouen,
Mavrikiya, Prins-Eduard, 
Amsterdam, Tasmanov kabi yoriqlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari okean
tagi kenglik va subkenglik bo‘ylab yo‘nalgan yoriqlar ham uchraydi. Bunga 
Diamantin va Ob yoriqlari misol bo‘ladi. Chuqurligi 5500-6500 m ga boradigan
Vityaz, Argo, Vima, Mariya-Selest cho‘kmalarining mavjudligi tektonik yoriqlar 
bilan uzviy bog‘liq.
Yuqorida tahlil qilingan tog‘ tizmalari va ko‘tarilmalari Hind okeani tagini 
O.K.Leontevning ma’lumotiga ko‘ra; 24 ta katta va kichik botiqlarga ajratib turadi.
Quyidagi № 4 jadvalda shulardan eng yiriklari berilgan. 
Hind okeani tagida xilma-xil cho‘kindilar uchraydi. Foraminiferali
cho‘kindilar materik yonbag‘irlarida va botiqlarda, radiolyariyali va marjon polipli 
cho‘kindilar ekvator atrofida, poligen (suv osti qizil gillari) cho‘kindilar
ekvatordan janubroqda terrigen yotqiziqlar materik qirg‘oqlari yaqinida va 
diatomli cho‘kindilar materikning janubiy qismida (50° j.k. dan janubda) keng
tarqalgan. 
Jadval № 4. 

Hind okeanining yirik botiqlari



Botiqning nomi 

Maksimal chuqurligi, m


1
Arabiston 

5875
2


Somali 

5374
3


Maskaren 

5349
4


Madagaskar 

6400
5


Mozambik 

6045
6


Agulyas 

6150
7


Kroze 

5270
8


Markaziy 

6090
9


Andaman 

4390
10

Kokos
6335

11
Barbiy Avstraliya 


6500
12

Amsterdam


7102

13
Janubiy Avstraliya 


6024
14

Afrika- Antarktika


6972



15
Avstraliya-Antarktika 


6089

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin