qirralaridan o’tadi. Tekisliklarda esa S. yassi yerlardan, botqoqliklardan iborat
bo’lishi mumkin. Bunday joylarda S. ni chiziq tarzida ko’rsatish mumkin emas.
Tabiiy geografik o’rin — barcha geografik obyektlarning(shahar,
qishloq, o’lka, mamlakat, qit’a, tog’, daryo, ko’l, dengiz va h. k.) atrofdagi tabiiy
geografik obyektlarga nisbatan ylashgan o’rni. Mas., Toshkent 42° shim. kenglik
va 68° sharqiy uzunlikda Chirchiq daryosi bo’yida, Chotqol tog’larshshng g’arbiy
tog’ oldi tekisligida joylashgan.
Tabiiy geografiya — 1) geografik qobiq tabiatini o’rganuvchi fan. Yer
haqidagi fanlardan biri. Geografik qobiqning moddiy tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi,
o’zgarishi, hududiy bo’linishini o’rganadi; 2) tabiiy jo’g’rofiy fanlar sistemasn. Bu
sistemaga umumiy yer bilimi, hududiy tabiiy geografiya,
landshaftshunoslik,
geomorfologiya, iq-limshunoslik, okeanografiya, muzshunoslik, muzloqshunoslik,
tuproqlar geografiyasi, bio geografiya, fenologiya va boshqa fanlar kiradi.
Tabiat kompleksi (geografik kompleks) — tabiatning o’zaro ta’sir etib va
bir-birini taqozo qilib, yagona sistema hosil
qilib turuvchi komponentlari, ya’ni
relyef, iqlim, yer osti va yer usti suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosining
qonuniy uyg’unligi. T. k. ning eng kichigi joy, Mas., kichik botqoqlik, bir soy yoki
jar bo’lsa, eng kattasi landshaft qobig’i.
Tabiat zonasi ham, geografik mintaqa ,
ham T. k. hisoblanadi.
Tektonika (yunoncha
tektonikos — binokorlikka oid)—geologiya (Yer
haqidagi fan) ning bir tarmog’i, Yer po’stining tuzilishi va uning ichki kuchlar
ta’sirida, Yerning taraqqiyoti jarayonida ro’y berayotgan o’zgarishlarni o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: