Fenologiya (yunoncha «fenomena»— xodisa, «logos»— fan) — yil
fasllarining almashishini va ob-havoning o’zgarishi munosabati bilan organik va
anorganik tabiatning mavsumiy o’zgarib borishini o’rganadigan fan; Mas.,
suvlarning muzlash va muzdan tushish, o’simliklarning kurtak chiqarish, gullash
muddatlari, qushlarning uchib kelish va uchib ketish muddatlarini fenologiya
o’rganadi.
Fyon — tog’li o’lkalarda tog’lardan vodiylarga yuqoridan pastga qarab
esuvchi iliq va quruq kuchli shamol. Shamol tor tizmasini oshib, pastga
tushayotganda isib quriydi, ba’zan qor ko’chkilarining tushishiga sabab bo’ladi.
O’zbekistonda Chirchiq vodiysida ko’p kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etmaydi.
Fizik nurash — havo haroratiniig keskin o’zgarib turishi va tog’
jinslarinnng quyosh nuridan turlicha qizishi sababli katta-kichik bolaklarga
parchalanishi. Bunda tog’ jinslari va minerallarning tarkibi o’zgarmaydi. Qarang.
Nurash.
Firn (nemischa- firni – o’tgan yilgi, eski)- qorni qayta krisatallashi oqibatida
hosil bo’lgan donador muz F. Qor bilan muz oralig’idagi bosqich bo’lib, yana
zichlashib muzga aylanadi. Odatda F. baland tog’larda qor chegarasidan
yuqorida va qutbiy o’lkalarda vujudga keladi.
Flora (latincha Flora — Rim afsonasida gullar va bahor ma’-budasi)—
biror-bir joy, mamlakatga yoki geologik davrga xos bo’lgan barcha o’simliklar
majmui. Mas., O’zbekiston F. si, uchlamchi davr F. si va b.
Flyuger — (gollandcha flyugel — qanot)— shamolning yo’nalishi va
tezligisi aniqlaydigan asbob. Shamol ta’sirida vertikal o’qda aylanadigan
ko’rsatkich (flyugarka) shamolning yo’nalishini Ko’rsatadi. Shamolning tezligi
metall taxtachaning vertikal holatdan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi,
yoyga o’rnatilgan ko’rsatkichlar (bo’linma-lar) shamolning sekundiga necha metr
esganligini bildiradi.