O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə373/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Fenologiya (yunoncha «fenomena»— xodisa, «logos»— fan) — yil
fasllarining almashishini va ob-havoning o’zgarishi munosabati bilan organik va
anorganik tabiatning mavsumiy o’zgarib borishini o’rganadigan fan; Mas.,
suvlarning muzlash va muzdan tushish, o’simliklarning kurtak chiqarish, gullash
muddatlari, qushlarning uchib kelish va uchib ketish muddatlarini fenologiya
o’rganadi. 


Fyon — tog’li o’lkalarda tog’lardan vodiylarga yuqoridan pastga qarab
esuvchi iliq va quruq kuchli shamol. Shamol tor tizmasini oshib, pastga 
tushayotganda isib quriydi, ba’zan qor ko’chkilarining tushishiga sabab bo’ladi.
O’zbekistonda Chirchiq vodiysida ko’p kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etmaydi. 


Fizik nurash — havo haroratiniig keskin o’zgarib turishi va tog’
jinslarinnng quyosh nuridan turlicha qizishi sababli katta-kichik bolaklarga 
parchalanishi. Bunda tog’ jinslari va minerallarning tarkibi o’zgarmaydi. Qarang.

Nurash.

Firn (nemischa- firni – o’tgan yilgi, eski)- qorni qayta krisatallashi oqibatida
hosil bo’lgan donador muz F. Qor bilan muz oralig’idagi bosqich bo’lib, yana 
zichlashib muzga aylanadi. Odatda F. baland tog’larda qor chegarasidan
yuqorida va qutbiy o’lkalarda vujudga keladi. 


Flora (latincha Flora — Rim afsonasida gullar va bahor ma’-budasi)—
biror-bir joy, mamlakatga yoki geologik davrga xos bo’lgan barcha o’simliklar 
majmui. Mas., O’zbekiston F. si, uchlamchi davr F. si va b.

Flyuger — (gollandcha flyugel — qanot)— shamolning yo’nalishi va
tezligisi aniqlaydigan asbob. Shamol ta’sirida vertikal o’qda aylanadigan 
ko’rsatkich (flyugarka) shamolning yo’nalishini Ko’rsatadi. Shamolning tezligi
metall taxtachaning vertikal holatdan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi, 
yoyga o’rnatilgan ko’rsatkichlar (bo’linma-lar) shamolning sekundiga necha metr
esganligini bildiradi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin