O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə372/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Tog’-vodiy shamoli — tog’li ulkalarda tunda tog yonbag’ri va vodiy
bo’ylab pastga tomon, kunduzi esa vodiy va yonbag’ir bo’ylab yuqori tomon 
esuvchi shamol. T. v. sh. havoning tog’lar bilam atrofdagi tekisliklarda va vodiy
tagi: bilan yoybag’irda turli darajada: isishi hamda tunda tog’larda va yonbag’rida 
tez sovib ketishi natijasida bir xil balandlikda havo bosimida tafovut vujudga
kelishi oqibatida hosil bo’ladi. 


Tog’ daryosi — tog’lardagi muz, qor va buloq suvlaridan boshlanib,
shovullab tez oqadigan daryolar. Tog’ daryolarida ostona va sharsharalar ko’p 
bo’ladi. Ko’pincha tor vodiylar, daralarda oqadi. M., Piskom, Chotqol, Ugom va b.
Tog’ muzliklari — tog’larning qor chegarasidan yuqorida qor to’p-lanib,
zichlashib hosil bo’lgan muzliklar. Ko’pincha vodiylarda, cho’qqilar atrofida, 
yonbag’irlarda bo’ladi. Qor chegarasidan pastga ham siljib tushadi. Eng katta T. m.
Alyaskadagi Bering, Pomirdagi Fedchenko muzliklari (77 km ga cho’zilgan). 


Tropik mintaqalar — Yer sharidagi ikkita tabiat mintaqasi. Shimoliy va
janubiy yarimsharlarda, taxminan 20° va 30° kengliklar orasida joylashgan. Haro-
rat yuqori — oylik o’rtacha harorat 10° dan ortiq, passat esib turganidan
yog’in kam — yiliga 50—200 mm (materiklarning sharqiy tog’li qismlarida
1000—2000 mm) yog’in yog’adi. Quruqlikda cho’llar va chala cho’llar,
sernamroq joylarda savannalar va o’rmon lar tarqalgan. 


Troposfera (yunoncha tropos — o’zgarish, sfera —shar)— atmos-
feraning yer yuzasiga yaqin eng quyi qismi. Troposferaning qa-linligi 
qutblarda 8—10 km, o’rtacha kengliklarda 10—12 km, ekvator atroflarida
16—18 km. Troposferadagn havo asosan yer yuzasidai issiq oladi. Havo


harorati troposferaning ustki chegarasida qutbda —55° S, ekvator yaqinida —80°


S. Atmosferadagi butun havo massasining 4/5 qismidan ko’prog’i va suv bug’ining 
deyarli hammasi shu troposferada to’plangan. Troposferada havo gorizontal va
vertikal harakat qilib, bulutlar paydo bo’ladi va yog’in yog’adi. 


Tundra (fincha «tunturi» — o’rmonsiz yalpang qir)— subarktika
mintaqasidagi tabiat zonasi. T. shimolda arktika muz sahrolari zonasi bilan, 
janubdy o’rmonli tundra zonasi bilan chegaradosh. T. iqlimi sovuq: qish qattiq
bo’lib, 8—9 oy davom eta di, yoz qisqa va salqin. Iyul oyining o’rtacha harorati 
10° S dan oshmaydi. Vegetasiya davri 50—100 kun. Tekisliklarda 150—300 mm,
tog’larda 500 mm gacha yog’in yog’adi. Qor qoplami yupqa. Yozda tuproqning 
0,5—1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi, T. da botqoqliklar va ko’llar ko’p.
Asosiy o’simlikla-ri — bug’u yo’sini, lishaynik, past, bo’yli o’tlar, butalar va chala 
butalar. Hayvonlardan shimol bug’usi, buri, lemming, oq tulki, qo’chqor;
qushlardan oq kaklik, tundra kakligi uchraydi, suvlarda baliq ko’p. Yozda har xil 
qushlar uchib keladi. Aholining asosiy mashg’uloti — bug’uchilik, baliq tutish,
ovchilik. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin