Proterozoy (yunoncha proteros — ilk, eng qadimgi, zoye hayot) — Yer
tarixining kembriy davridan oldin o’tgan vaqtniig katta qismini o’z ichiga oladigan
geologik era va shu erada vujudga kelgan tog’ jiislari.
2 mlrd. yildan ko’proq vaqtni o’z ichiga oladi. Ikki davrga — yuqori va
quyi. P. ga bo’linadi. P. tog’ jinslari orasida temir, mis, marganes ma’danlari, fos-
forit, grafit, nodir metallar uchraydi.
Relyef — (franduzcha «relyef» — ko’taraman) — yer yuzasi shakllari:
tog’lar, tekisliklar, pasttekiyeliklar, adirlar, yassi tog’liklar, tepaliklar, qirlar,
vodiylar, botiqlar, soyliklar, jarlar va boshqalar majmui. Relyef ikki xil kuch —
ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlarning birgalikda hamda muntazam
o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi.
Savanna (ispancha sabana)— har yer-har yerda yakka holda yoki to’p-to’p
daraxtlar o’sadigan quruq tropik o’t o’simliklari. O’tlar orasida bo’yi 1—3 m ga
yetadigan g’allagulli qurg’oqchil o’simliklar ko’p. Daraxtlar va butalar
soyabonsimon ko’rinishga ega. Jan. Osiyo, Jan. Amerika, Afrika va Avstraliyada
keng tarqalgan.
Seysmik mintaqa — Yer qimirlash markazlari joylashgan va zilzilalar
bo’lib turadigan mintaqa. Hozirgi zamon tektonik harakatlari, tog’lar hosil
bo’lishi ro’y berayotgan, chuqur okean botiqlari paydo bo’layotgan joylarni o’z
ichiga oladigan uzun cho’zilib ketgan hududlar kiradi. Ikkita katta S. m. mavjud.
YYevropa Osiyo (Alp-Himolay) va Tinch okean halqasi.
Seysmologiya (yunoncha — seysmos — yer qimirlash, logos — fan)— yer
qimirlash va u bilan bog’liq hodisalarni o’rganuvchi fan: Zilzilalar sabablarini,
ularning tektonik jarayonlar bilan aloqalarini, oldindan aytib berish imkonlarini,
Yer yuzasida tarqalish geografiyasini, yer qimirlash oqibatlariga qarshi kurash
yo’llarini o’rganadi.
Sinekliza (yunoncha sin – birgalikda va yengilisis – egilish) – yer po’stining
platformalarida salginabotiq qismi. Eni bir necha yuz km ga yetadi. Shakli
ko’pincha noto’g’ri yumaloq bo’ladi. S. Botig’i cho’kindi jinslar to’ldirib, yer
yuzasi yassi yoki salgina botiq tekislikka aylangan bo’lishi mumkin. Mas., Liviya
S. si Moskva S. si va h. k.
Sinklinal (yunoncha— sinklit — egilaman)— tog’ jinslari qatlamlarining
qabariq tomoni pastga qaragan burmasi. S. antiklinal bilan yonma-yon joylashgan
bo’ladi.
Stratosfera (latppchm stratum — qatlam, sfera-— kurra, shar) —
atmosferaning troposfera bilan mezosfera oralig’ida Yer yuzidan 8—16 km dan 45 –
55 km balandlikkacha bo’lgan qatlami. Strosferada balandlik oshgan sari harorat ham
o’zgaradi, 25 km dan yuqorida ko’tarila boradi. Havoning gaz tarkibi troposferadagi
kabi. Lekin suv bug’i kamayadi, ozon miqdori oshadi. Bulut deyarli yo’q. Shamol
tezligi katta, sekundiga 800—1000 m ga yetadi.