Landshaft komponentlari - har bir joydagi tog’ jinslari, relyef, iqlim, yer
usti va yer osti suvlari, o’simliklar, hayvonot dunyosi, tuproqlar.
Landshaftlar rekultivasiyasi — inson faoliyati ta’sirida muvozanati
buzilgan yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlarni tiklash, qayta
ishga solish yoki uyar o’rnida yangi landshaftlar bunyod etish.
Landshaft qobig’i — geografik qobiqning litosfera (Yer po’sti)
gidrosfera (suv qobig’i) va troposfera bevosita tutashib turgan nisbatan yupqa
markaziy qismi. L. q. hozirgi nurash po’stini, tuproq-o’simlik qoplamini, barcha
tirik organizmlarni va havoning yerga tutashib turgan quyi qismini o’z ichiga oladi.
L. q.-ning qalinligi qutbiy o’lkalarda 10 m dan ekvatorial o’monlarda 100—150
m gacha yetadi.
Litosfera plitalari — Yer po’sti (litosfera) ning yirik (bo’yi va eni minglab
km ga yetadigan), qattiq bo’laklari. L. p. atrofdan seysmik va tektonnk jihatdan
juda faol yorilshilar mintaqalari bilan o’ralgan bo’ladi. Eng yangi tasavvurlarga
ko’ra L. p. mantiya ustida doim siljib yuradi. Harakat yo’nalishi okeanlar
o’rtalig’idagi tog’lardan siqilish (to’qnashish) mintaqasiga tomon bo’ladi. L. p. bir-
birlariga nisbatan ham va yorilish mintaqalari bo’ylab ham siljiydi. To’qnashish
mintaqasida burmali tog’lar, siljiqlar, bukilmalar vujudga keladi.
Mantiya, Yer mantiyasi (yunoncha mantion — ko’rpa, yopinchiq)— Yer
po’sti bilan o’zagi (yadrosi) yurasida joylashgan qatlam, Quyi chegarasi yer
yuzasidan taxminan 2900 km chuqurlikda joylashgan. Mantiyada moddaning
zichligi 3,3 g/sm
3
dan (yuqori qatlamlarda) 5,7 g/sm
3
gacha (yadro bilan
chegaradosh qismida). M. aftidan asosan magniy va temirdan iborat og’ir
minerallardan tashkil toptan. Yer po’stida ro’y beradigan tektonik harakatlar,
vulkan jarayonlari va boshqalar M. bilan bog’liq.
Materiklar — hamma tomondan yoki deyarli hamma tomondan okean va
dengiz suvlari bilan o’ralgan eng qatta quruqlik. Materiklar yer po’stining
tuzilishiga va qalinligiga ko’ra okean osti yer po’stidan farq qiladi. Materik Yer
po’stida qalin—40— 50 km (70 km gacha) va unda granit qatlami bo’ladi. Yor
yuzida 6 ta materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy.