Parallellar — Yer yuzasida ekvatorga paralel o’tkazilgan shartli doira
chiziqlar. Xarita globuslarda gradus to’rining asosiy tarkibiy qismi. P sharq Bilan
g’arbni ko’rsatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari P. qisqara boradi. P. joyning
geografik kengligini ko’rsatadi.
Pasttekislik— mutloq balandligi dengiz sathidan 200 m gacha bo’lgan
tekisliklar. M., Kaspiy bo’yi pasttekisligi P. lar dengiz sayozligining daryolar
keltirgan loyqalar bilan to’lishidan, tog’ oldi bukilmalarining tog’lardan tushgan
nuroq jinslar bilan to’lishi na-tijasida hosil bo’ladi. Platformalarning asta pasayishi
va dengiz sayozligining ko’tarilishi oqibatida ham P. lar vujudga keladi.
Plato — yer yuzasi yassi yoki sal to’lqinlangan, ba’zan bir oz parchalangan
baland tekislik. Yonbag’irlari ko’pincha kesilgandek tik bo’ladi. Atrofdagi tekislik
yerlardan tik jarliklar hosil qilib ko’tarilib turadi. Mas., Ustyurt platosi Baland
platolar ko’pincha yassi tog’lik deb ataladi.
Platforma (fransuzcha plat — yassi, forme- shakl) Yer po’stining nisbatan
barqaror, tektonik harakatlarga kam beriladigan yirik, barqaror bo’laklari. P. Yer
tarixining qadimiy eralaridagi geosinklinalarda burmalanishlar ro’y berib, so’ngra
tektonik
harakat-
larning
zaiflashishi
natijasida
vujudga
kelgan.
Platforma
jinslari metamorfiklashib, kristallashib ketgan. Quruqlikdagi platformalar: Sharqiy
YYevropa, Sibir, Xitoy, Afrika, Avstraliya, Antarktida, Shim. va Jan. Amerika.
Plita — platformalarning pasaygan va ustini salgina qiya yoki gorizontal
yotgan cho’kindi jinslar qoplagan qismlari. P. lar zaminning kristalli va
metamorfiklashgan qattiq jinslarini keyingi geologik davrlarning dengiz va qurqlik
yotqiziqlari qoplashidan vujudga keladi.
Promille — biron-bir sonning mingdan bir ulushi,
0
/
00
alomati bilan
belgilanadi. Suvning sho’rligini aniqlashda suvning 1000 og’irlik ulushiga necha
ulush tuz to’g’ri kelishini bildiradi. Sho’rligi 1/
00
gacha bo’lgan suv ichishga
yaroqli hisoblanadi. Dunyo okeani suvining o’rtacha sho’rligi 35