O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə367/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Materik orollari — bir zamonlar materiklarning tarkibiy, qismi bo’lib,
keyinchalik quruqlikning cho’kishi, tektonik yoriqlar natijasida ulardan uzilib 
qolgan quruqliklar. Bunday orollar geologik va tektonik tuzilishiga ko’ra
materiklarga o’xshagan bo’ladi. Materik orollarining ba’zi birlari juda katta. Mas., 
Grenlandiya, Yangi, Gvineya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Novaya Zemlya,
Madagaskar. 


Materik sayozligi, shelf—1 materiklarning dengiz va okeanlar qirg’oqlari
bo’ylab cho’zigan suv osti davomi. Eni bir necha km dan 1200—1500 km gacha 
yetadi. M. s. dengiz cho’kindilari (shag’al, qum, qumoq, loyqa) ko’p to’planadigan
joy, yorug’ va iliq bo’lganidan organizmlar, jumladan baliq ko’p. Materik 
sayozligida ko’plab neft, gaz konlari va boshqa foydali qazilmalar topilmoqda.

Musson iqlimi — musson shamollari ta’sirida tarkib topadigan iqlim. Yil
odatda ikki faslga bo’linadi: Sernam issiq yoz, quruq salqin qish. Iqlim yozda 
dengizdan keladigan sernam havo, qishda quruqlikdan esadigan quruq havo
ta’sirida hosil bo’ladi. Janubiy, janubi-sharqiy Osiyo iqlimlari M. i. ga eng yaxshi 
misol bo’ladi.
Musson shamollari (arabcha mavsum so’zidan)— fasldan-faslga o’z
yo’nalishini o’zgartiradigan shamollar. Qarang. Marsumiy shamollar


Mutloq balandlik — yer yuzasidagi muayyan nuqtaning dunyo okeani
o’rtacha sathidan tik balandligi yoki pastligi. Okean sathidan baland nuqtalar 
musbat ishorasi ( + ), past nuqtalar manfiy ishorasi (—) bilan belgilanadi. Musbat
ishorasi ko’pincha qo’yilmaydi. Mas., Jomolungga cho’qqisining M. b. 8848 m, 
To’rfon botig’iniki — 154 m.

Mutlaq namlik — 1 m
3
havodagi suv bug’i mikdori. O’lchov birligi g/m

3
,


ya’ni 1 m

3
havoda necha gramm suv bug’i borligi bilan belgilanadi. 




Mo’tadil iqlim — mo’tadil mintaqalar iqlimi. Mo’tadil mintaqalarda
Quyosh hyech qachon qoq tepaga kelmaydi va uning ufqdan balandligi katta
farq qiladi. Shu sababli iqlim ham juda har xil. Yanvar oyining o’rtacha harorati
shimoliy qismida—20°, —25° bo’lsa, janubiy qismida 0° atrofida, shimolda 
iyulning o’rtacha harorati 10° atrofida bo’lsa, janubida 27°. Yog’in ham turli
miqdorda yog’adi. M. i. asosan 3 xilga bo’linadi: 1) mo’tadil dengiz iqlimi, 2) 
mo’tadil kontinental iqlimi va 3) mo’tadil musson iqlimi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin