O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə375/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Ekvator mintaqasi —8° shimoliy kenglik bilan 11° janubiy kenglik
oralig’ida joylashgan geografik mintaqa. Yil bo’yi issiq (24—28°), yog’in ko’p 
(1500— 3000 mm, 10000 mm gacha), oylar bo’yicha deyarli bir tekisda



taqsimlangan. Biokimyoviy va tabiiy geografik jarayonlar jadal ro’y beradi. Tabiiy


holda hamma yoq qalin sernam tropik o’rmonlar bilan qoplangan bo’lgan. O’simlik 
va hayvonot dunyosi benihoya xilmama-xil.

Ekvator o’rmonlari — ekvator mintaqasi tabiat zonasi, Ekvatorning har
ikkala yonida joylashgan. Fasliy tafovutlar deyarli yo’q. Sernam iqlim sharoitida 
qizil yuvilgan tuproqlarda doimiy yashil o’rmonlar o’sadi. Janubiy Amerika,
Afrika, Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan. 


Ekvator havosi — ekvator mintaqasi ustida tarkib topadigan va nihoyatda
sernam havo. Ko’tarilma harakat kuchli bo’lib, qattiq jalalarga sabab bo’ladi. 


Ekzogen jarayonlar (latincha yekso — tashqi, genez — tug’ilgan)— Yer
yuzasida va Yer po’stining yuza qismida quyosh nurining energiyasi, Yerning 
tortish (gravitasion) kuchi va organizmlar hayot faoliyati natijasida ro’y beruvchi
jarayonlar. Bu jarayonlar endogen jarayonlarga qarama-qarshi bo’lib, yer yuzasidagi 
notekisliklarni tekislaydi, Bularga nurash, suv va shamol eroziyasi, muzliklar, yer osti
suvlari ishi, dengiz to’lqinlri va h. k. larni kiritish mumkin. 


Ekzogen kuchlar (latincha yekso—tashqi, genez — tug’ilgan) — Yer
yuzasiga taщqaridan ta’sir ko’rsatuvchi kuchlar. Bularga quyosh nuri, shamollar, 
muzliklar, oqar suvlar, to’lqinlar, qalqish jarayoni, o’simlik va hayvonlar kiradi.
Bularning (qalqish hodisasidan boshqasi) harakat manbai Quyosh radiasiyasidir. 


O’zgargan landshaft — tabiiy ta’sirlar yoki insonning faoliyati ta’sirida
dastlabki holati o’zgargan landshaftlar. Tabiiy landshaftlar o’z-o’zidan asta o’z-
garib boradi. Lekin insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida landshaft tez o’zgaradi,
Ayniqsa o’simliklar, hayvonot dunyosi, yer usti va yer osti suvlari tez o’zgaradi.
Shunda ba’zi kishilar landshaft butunlay o’zgardi deydi. Aslida landshaft
butunlay o’zgarmaydi: tog’ jinslari, iqlim, relyefning yirik shakllari o’zgarmay 
qoladi. U. l. ga o’lkamizdagi vohalar eng yaxshi misol bo’ladi.

Qirg’oq — dengiz, ko’l, daryo, suv omborlari chekkasida suv bilan quruqlik
tutashib turadigan kambar joy. Qirg’oqda doimiy ravishda suv bevosita ta’sir 
ko’rsatib turadi: Qirg’oqni yuvib boradi.

Qit’a – Yer sharidagi quruqlikning katta qismlari. Qit’aga materik va uning
yonveridagi materik bilan tektonik, orollar ham kirada. Yer sharida 6 ta qit’a bor: 
YYevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Amerika, Antarktida, Tinch okeanning
Amerika, Avstraliya va Osiyodagi uzoqdagi orollari «Orolli» qit’a hisoblanadi va 
Oksaniya deb ataladi.

Qor chegarasi, ch i z i g’ i — tog’larda ma’lum balandlikda yog’adigan qor
bilan eriydigan qor miqdori teng bo’ladi. Undan yuqorida qor yozda ham 
saqlanadi, undan pastda erib ketadi. Tog’larda saqlanadigan qorning pastki
chegarasi qor chegarasi (chizig’i) deb ataladi. Q. ch. balandligi joyning geografik 
kengligiga, yog’adigan qor miqdoriga bog’liq. Ekvator yaqinida 5000 m, Novaya
Zemlyada 600 m, O’zbekistondagi tog’larda 3800 m dan 4200 m gacha 
balandlikda joylashgan.







Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin