p. ning qalinligi har xil bo’ladi. Issiq va sernam o’lkalarda qalin (200 m gacha)
bo’ladi. N. p. ning hosil bo’lishi Yerning barcha geologik davrlarida ro’y bergan.
Ob-havo — atmosfera quyi qismining (havoning)
muayyan bir qisqa
vaqtdagi tabiiy holati. Vaqt va masofada tez o’zgarib turadi. O. ma’lum bir
vaqtning o’zida bir-biri bilan uyg’un meteorologik elementlar majmui bilan
ifodalanadi (havo
harorati, namligi, shamol, bulutlilik yog’in, havo bosimi,
tiniqligi va h. k.). O. o’zgarishi deganda mana shu elementlarning o’zgarishi
tushuniladi. O. davriy (kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy (siklon o’tishi,
turli havo massalarining kelishi, antisiklon turishi) o’zgarishlarga ega.
Okean— (latincha
okean — dunyo daryosi)—Dunyo okeanining bir qismi.
Dunyoda to’rtta okean — Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz okeanlari mavjud.
Ba’zi tadqiqotchilar Janubiy Muz (sovuq) okeanini
ham alohida okean deb
ajratishadi. Qarang.
Dunyo okeani.
Pampa (kechua indiyonlari tilida pampa—o’tloq)—1) Janubiy Amerika
janubida joylashgan subtropik dasht yerlar. Turli o’tlar va g’allagullilar o’sadi;
2) Argentinadagi dashtning nomi.
Dostları ilə paylaş: