Kamposlar (portugalcha
kampo dala, tekislik)—Braziliyada yassi tog’lardagi
savannalar nomi. Qizil tuproqlarda qattiq bargli chimli g’allagulli o’tlar, kichik
daraxt va butalar o’sadi.
Kamsuvlik — daryolarda suv oqimining eng kamaygan davri.
O’zbekistondagi katta daryolarda K. kuz oylariga to’g’ri keladi, past tog’lardan
boshlanuvchi
daryolar bahorda qor erib, yomg’ir ko’proq yog’adigan davrdan
boshqa hamma vaqt K. bo’ladi.
Karst, karst hodisasi (Yugoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan)—
suvda yaxshi eriydigan tog’ jinslari (ohaktosh, bo’r, dolomit, gips, tuzlar)
ni yer
osti suvlari eritib olib ketishi natijasida ro’y beradigan jarayonlar. Natijada tog’
jinslari orasida bo’shliqlar — g’orlar, yo’laklar hosil bo’ladi. O’pirilmalar ro’y
berib, yer yuzasida voronkasimon chuqurliklar, yoriqlar vujudga keladi. Yer
yuzidagi oqar
suvlar yer ostiga tushib ketib, yer osti daryolari, ko’llari hosil bo’-
ladi. Qrimda, Kavkaz, Uralda ko’p uchraydi. O’zbekistonda Hisor, Chotqol, Nurota
tog’larida, Ustyurtda ro’y beradi.
Keng bargli o’rmonlar—qishda bargini to’kadigan
shapaloq bargli
daraxtlar o’sadigan o’rmonlar: buk, eman, zarang, juka, grab va boshqa daraxtlar
o’sadi. K .b. o’. shimoliy yarimsharning mo’tadil minataqasi tarkibiga kiruvchi
keng bargli o’rmonlar zonasini hosil qiladi. O’zbekistan tog’larida
balandlik
mintaqasi sifatida uchraydi. Bu yerda zarang, terak, mevali daraxtlar —
yovvoyi
olma, yong’oq, o’rik, do’lana, pista, qoraqat va boshqalardan iborat.
Krater (yunoncha
krater — katta tovoq)—yer yuzasida yoki dengiz ostida
uchraydigan tovoqsimon yoki voronkasimon chuqurliklar. K.
diametri bir necha
o’nlab m dan bir qancha km gacha, chuqurligi bir
necha m dni yuzlab m gacha
bo’ladi. K. vulkanlar otilishi, yirik meteoritlar tushishi natijasida hosil bo’ladi, Vul-
kan K. lari tagida lava va boshqa jinslar, gazlar chiqadigan bo’g’iz bo’ladi. Ba’zan K, Lar
tagi suv bilan to’lib, K. ko’llarini hosil qiladi. K-lar Oy va Mirrihda ham juda ko’p.
Kriklar — mavsumiy qurib qoladigan daryo yoki vaqtincha oqim. Asosan
Avstraliyada qo’llaniladigan atama, geografik nomlar tarkibida ham ishlatiladi.
Mas., Kupers-Krik.
Dostları ilə paylaş: