Voha — chalacho’l va cho’llarda o’simlik bilan qoplangan, aholi
yashaydigan obod joy.
Vulkan — (lotincha vulkanus — olov xud osi), yonartog’ — Yer po’stida
ro’y beradigan tektonik harakatlar natijasida hosil bo’lgan yoriqlar, teshiklardan
lava, qaynoq gaz, suv bug’lari, toshlar, kul chiqarib turadigan hodisa.
Garmsel (tojikcha garm — issiq, sel— oqim) — O’rta Osiyo va Janubiy
Qozog’istonda yilning iliq davrida esadigan issiq, quruq shamol.
Geyzer (islandcha geyzir — otilmoq) — yer osti bo’shliq va yoriqlaridan
vaqt-vaqti bilan issiq suv va bug’ otib turuvchi buloq. Vulkan harakatlari
so’nayotgan o’lkalarda bo’ladi.
Geografik qobiq (landshaft qobig’i)—Yerning litosfera, gidrosfera,
atmosferalar tutashib va bir-biriga ta’sir etib hosil qilgan bir butun qobig’i, inson
yashaydigan va faoliyat ko’rsatadigan muhit.
Geotektonika (geo — Yer, tektonika — qurilish) (Yerning qurilishi)
geologiyaning Yer po’sti (tuzilishi), harakati, o’zgarishi va rivojlanishini
o’rganuvchi tarmog’i.
Geofizika (yunoncha geo — Yer, fyuzis — tabiatshunoslik asosi) — Yerning
ichki tuzilishini, geografik qobiqlarda (atmosfera, gidrosfera, Yer po’sti, mantiya,
Yer mag’zida) ro’y beradigan jarayonlarni o’rganuvchi fanlar turkumi.
Geoekologiya — ekologiyaning yuqori bosqichdagi ekosistemalarni,
(geosistemalarni) shu jumladan biosferani ham tadqiq etuvchi bo’limi. G-ni
landshaft ekologiyasi, biogeosenologiya deb ham yuritiladi.
Gersin burmalanishi — paleozoy, erasining devon davri o’rta-laridan
mezozoy erasining trias davri o’rtalarigacha, davom etgan tog’ hosil bo’lish
bosqichi.
Gidrosfera (yunoncha gidro — suv, sfera — shar)—Yer sharining okean
va dengizlar, daryo va ko’llar, qor va muzliklar, atmosferadagi suvlar va yer osti
suvlaridan iborat suv qobig’i. Gidrosferaning 96,5% i okean va dengizlarga, 17% i
yer osti suvlariga, 1,7%.i muz va qor suvlariga to’g’ri keladi. Bundan tashqari,
atmosfera va tirik organizmlar tarkibida oz miqdorda suv bor. Gidrosferaning
umumiy hajmi 1386 mln. kub km.
Globus (lotincha globus — shar)—Yer sharining modeli, kichik nusxasi.
Globus butun Yer yuzasini, uning geometrik shakllari o’xshashligini va
maydonlar nisbatini saqlagan holda tasvirlaydi.