O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə361/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Gorizont (ufq tekisligi) — (yunoncha gorizon — cheklayman) — Yer
yuzasining ochiq, tekis yerda atrofimizda ko’rinadigan qismi.


Daryo- o’zi hosil qilgan tabiiy o’zandan oqadigan suv. D. lar bir-birlaridan
uzunligi, kengligi xavzasining maydoni, chuqurligi, nishabi, tezligi, oqiziqlari, 
to’yinish turi, suvning kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. O’z irmoqlari va
tarmoqlari bilan daryolar sistemasini hosil qiladi.


Daryo vodiysi - yer yuzasida uzunasiga cho’zilgan qiyosan kambar
soylik. D V-lari oqar suvlarning ishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, daryo 
oqadigan tomonga qiya va ko’pincha egri-bugri bo’ladi.
Daryo mansabi (quyar joyi) -daryoning dengiz, okean, ko’lga yoki boshqa 

daryoga qo’shiladigai joyi. Daryolar mansabida ko’rfaz yoki delta xosil qiladi.



Daryo nishabi- daryo biror qismning yoki butun daryoning yuqori nuqtasi
bilan quyi nuqtasi orasidagi tik balandlikning uning uzunligiga nisbati. Daryo 


oqimi- suvning tabiatda aylanib yurish jarayonida daryo o’zanida oqadigan suv.

Daryo sistemasi - biror daryo havzasiga kiruvchi barcha daryo irmoq,
tarmoq, jilg’alar. Ular bir-birlari bilan qo’shilib, suvi to’planib, bosh daryo,
dengiz yoki ko’lga quyiladi. Masalan Volga sistemasi, Sirdaryo sistemasi,
Amur sistemasi. 


Daryo havzasi - biron-bir daryo sistemasiga suv keladigan maydon,
hudud. D. h-ni ko’pincha daryoning, suv yig’adigan havzasi
deyiladi.

Delta - daryoning dengizga yoki ko’lga quyilish joyida suvda oqib
kelgan jinslarning cho’kib to’planishidan hosil bo’lgan tekislik.


Dengiz okeanning bir qismi; D. okeandan quruqlik yoki
orollar, yarim orollar va suv 
osti relyefining ko’tarilgan joylari bilan ajralib
turadi. O’zining geografik o’rni va havzalarining hususiyatiga qarab 3 turga 
bo’linadi: 1) materiklar orasidagi dengizlar; 2) materik ichkarisidagi dengizlar; 3)
chekka dengizlar.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin