Lava (latincha
labes — ko’chki)—vulkanlar og’zidan yoki yer po’stidagi
yoriqlardan
yer yuzasiga oqib chiqib, gazlarning bir qismini yo’qotgan magma.
Yer yuzasida lava harorati 1000—1200° bo’ladi. Lavaning qotishidan vulkan tog’
jinslari, mas., bazalt hosil bo’ladi.
Lab — daryo, ko’l, jar va boshqa suv havzalari sohilining qirg’oq bo’yi
qismi. Joy nomlari tarkibida ham bor. Mas., Buxorodagi Labihovuz.
Landshaft (nemischa
land— yer va
shaft — manzara)— tabiiy
komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha:
geologik zamini, relyefi, iqlimi,
tuproqlari, o’simlik turkumi, hayvonot dunyosi, yer
osti va yer usti suvlari
rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaralarga ega bo’lgan
hudud. Landshaftshunoslikda landshaftning uch xil tushunchasi mavjud: 1)
regional tushuncha. Bunda landshaft yer yuzasining tabiiy chegaralangan uncha
katta bo’lmagan
qismi tushuniladi; 2) tipologik, umumlashtiruvchi tushuncha.
Mas., tog’-o’rmon qo’ng’ir tuproqlaridagi butazor-siyrak o’rmonlar landshafti; 3)
landshaft umumiy tushuncha. Mas., o’rmon
landshafti, cho’l landshafti,
botqoq
landshafti.
Dostları ilə paylaş: