O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə374/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Xionosfera (yunoncha xion — qor va sfera-kura, shar) — troposferaning
qor va muz to’planishi mumkin bo’lgan qatlami. Shartli tushuncha, chunki 


troposferaning bu qatlamida qor to’planishiga sharoit (iliq o’lkalarda baland


tog’lar) mavjud bo’lsagina to’planadi. X. qutblar atrofida yer yuzasida pastda
joylashgan.

Siklon (yunoncha siklon — aylanuvchi)—atmosferaning past bosimli
qismlari. Ko’pincha ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) hosil 
bo’ladi. S. markazida havo bosimi kam, atrofda yuqori bo’ladi. Shamol atrofdan S
markazi tomonga esadi. Lekin Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi ta’sirida 
shamollar shimoliy yarimsharda o’ngga, janubiy yarimsharda chasha buriladi.
Natijada S.da shamollar quyundagiga o’xshab esadi. Aslida S. katta quyundan 
iborat, S. larning diametri 1000 – 3000 km ga. Soatiga 30 - 40 km, ba’zan 80 km
gacha tezlik bilan siljiydi., S. da ob-havoo bulutli yog’inli bo’ladi. O’zbekiston 
Atlantika okeanidan keladigan S. lar qishda iliq, yomg’irli, qorli havo keltiradi.

Sunami (yaponcha)—dengiz ostida yer qimirlaganda dengiz tagining
ko’tarilishi va pasayishi natijasida hosil bo’ladigan juda uzun to’lqinlar. Soatiga 50 
km dan 1000 km gacha tezlik bilan tarqaladi. To’lqin balandligi hosil bo’lgan
joyda, ochiq dengizda 0,1 m dan 5 m gacha yetadi, lekin dengiz qirg’og’iga 
kelganda 10 m dan 50 m gacha yetadi va undan ham ortib ketib, katta halokatlar
keltiradi. Asosan Tinch okean qirg’oqlarida kuzatiladi. 


Shamol — havoning yuqori bosimli joylardan past bosimli joylarga tomon
oqishi, harakati. Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq qancha katta 
bo’lsa, shamol shuncha kuchli esadi. Shamolning yo’nalishi va tezligi maxsus
asboblar (Qarang. Flyuger va Anemometr) yordamida aniqlanadi va Bofortning 
xalharo shkalasi bo’yicha 0 dan 12 gacha ballar bilan baholanadi. Sh. esayotgan
tomon ufq tomonlari nomi bilan ataladi. Mas., shimoliy, g’arbiy, janubi-sharqiy 
Sh. lar va h. k.

Sharq—1) ufqning to’rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush paytida Quyoshga
qarab turgan kuzatuvchining chap tomonida bo’ladi; 2) matematik ufq tekisligi 
bilan osmon ekvatori kesishgan nuqta; 3) Quyosh chiqadigan tomon.

Shimol — ufqning to’rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush chizig’i bilan
haqiqiy ufq doira chizig’i kesishgan nuqta. Chiqayotgan quyoshga qarab 
turganingizda chap tomoningizda bo’ladi.

Ekvator (latincha ekuator — tenglashtiruvchi) — Yer yuzasida qutblardan
barobar uzoqlikdan o’tkazilgan aylana chiziq. Ekvator Yer kurasini ikki yarim 
sharga — shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo’ladi. Geografik kengliklar
ekvatordan boshlab qutbga tomon hisoblanadi. Ekvator uzunligi (Krasovskiy 
ma’lumotiga ko’ra) 40075696 m, 1°yoyining uzunligi, 111321,4 m. Ekvatorda
kecha bilan kunduz doimo teng bo’ladi. Quyosh ekvator ustida har yili ikki marta 
21 mart va 23 sentyabrda qoq tepadan o’tadi.

Ekvator iklimi — yil bo’yi havo issiq (24°, 28°), yog’in ko’p (o’rtacha
1500—3000 mm), fasllar bir-birlaridan farq qilmaydigan iqlim. yil bo’yi issiq, ser-
nam ekvator havosi hukmron, yog’in (yomg’ir) bir tekis yog’adi, har kuni tushki
yomg’irlar yog’ib turadi. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin