Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org
Har tomonlama rivojlangan kompaniyaning bozordagi holatiga mos
keluvchi ehtimol bo‘lgan korporativ strategiya. YUqori tartibdagi raqobat afzalliklari (yangi ilmiy ishlamalar,
texnologiyalar, novotarlarning innovatsion monopoliyasi)ga asoslangan
innovatsion rivojlanishi yangi sohalar va yangi bozorlarga faol bostirib
kirishni tashkil qilish uchun katta strategik imkoniyatlar yaratadi. Bu
strategik imkoniyatlar o‘z navbatida iqtisodiy o‘sishning sifatan yangi
salohiyatini yaratadilar. Kompaniyaning har tomonlama rivojlanishi strategiyalarining variantlari 2-rasmda berilgan.
2 – rasmdan ko‘rinishiga, tashkilot uchun har tomonlama rivojlanishning oltita strategiyalari eng katta ahamiyatga ega:
1. Birlashmalar, yutib yuborishlar yoki yangi va qo‘shma korxonalar
tashkil qilish asosida yangi sohaga kirib borish.
2. Turdosh sohalarda har tomonlama rivojlanish.
3. Turdosh bo‘lmagan sohada har tomonlama rivojlanish.
4. Ishlab chiqarishni yig‘ishtirish va tuzatish.
5. Aralash har tomonlama rivojlanish va qayta qurish.
6. Ko‘p millatli har tomonlama rivojlanish.
Agar yangi sohaga kirib borish, yangi kompaniya yoki qo‘shma korxonani tashkil qilish strategiyasi har tomonlama rivojlanmagan kompaniya tomonidan kuchli va foydali raqobat o‘rinlarini egallash uchun qo‘llanilsa, qoloq ishlab chiqarishlarni yig‘ishtirish va tugatish va transmilliy har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish maqsadidagi qayta qurish va har tomonlama rivojlanish strategiyasi, qoidaga ko‘ra, kuchli va etarlicha keng har tomonlama rivojlangan korporatsiyalarda vujudga keladi.
Sanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, o‘zlashtirish va tarqatilishi jarayonlarida sohaviy assotsiatsiyalar alohida rol o‘ynaydilar, ular YAponiyada tashqi savdo va sanoat vazirligi homiyligi ostida ko‘proq tarqalganlar. Rossiyaning sohaviy assotsiatsiyalari ham ko‘p ilm talab qiluvchi ishlab chiqarishlar, asbobsozlik, mashinasozlik va h.k. rivojlanishida katta rol o‘ynaganlar.
Agar sanoat kompaniyalarining milliy assotsiatsiyalari deb ataluvchilar (masalan, AQSHda) mamlakatning ilmiy – texnik rivojlanishining milliy ko‘rinishini belgilab bersalar, ko‘pgina mintaqalarda sanoat firmalari sohaviy assotsiatsiyalarining asosiy vazifasi ilmiy – texnik va texnologik yangiliklarni tadbiq etish asosida
korxona xo‘jalik faoliyatini samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdir.
Assotsiatsiyalarning bir qismi standartlashtirish va sertifikatlashtirish
jarayonlarida faol ishtirok etadilar, xodimlarni ilmiy texnik
rivojlanishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish va qayta tayorlash bilan
shug‘ullanadilar. Firmalar tadbirkorlik assotsiatsiyalari faoliyatining
muhim maqsadlaridan biri ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ishlab chiqarishni g‘oyatda jamlanishi va “tarkibiy yaxshi bo‘lmagan” sohalarni modernizatsiyalashga yo‘l qo‘ymaslik YAponiyadagi bir qator assotsiatsiyalarning xizmatidir. O‘zining tarkibida muammoli – izlanish xarakteriga ega fundamental tadqiqotlar bo‘yicha bo‘linmalar, hamda tadbiq etish, tahliliy, iqtisodiy guruhlarga ega tadqiqot assotsiatsiyalari innovatsion davraning boshlang‘ich bosqichini faollashtirishda muhim rol o‘ynaydilar. Tadqiqot assotsiatsiyalari akademik OO‘YU sektori va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi yaqindan o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish uchun mo‘ljallanganlar. Tadqiqot assotsiatsiyalar yapon tajribasining tahlili innovatsiyalarni taqdim etish mexanizmidagi muhim xususiyat: kooperatsiya tamoyillarini birlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rejali tashkil qilish, yangi mahsulotni bozorga tadbiq etish bosqichida ishtirokchilar o‘rtasidagi keskin raqobatga ega. bir markazdan innovatsiyalarni tadbiq etish va o‘zlashtirishning murakkab ko‘p bosqichli jarayonini muvofiqlashtirishni ajratadi.
Tadqiqot assotsiatsiyalarini kattaroq innovatsion va ijoriy
salohiyatga ega firmalar va mustaqil bo‘linmalar orasida tanlov bo‘yicha
shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot assotsiatsiyalarini takshil
qilishning xuddi shunday shaklida raqobat va kooperatsiyalashishning
birlashishiga asoslangan va 90 yillarning o‘rtalarida rivojlanish olgan
“manfaatdor guruhlar konsepsiyasi”ning birinchi nihollari o‘sib chiqa
boshlaganlar.
Assotsiatsiyalar iqtisodiyotdagi ziddiyatli boshlanishlarni chatishib ketishlar va o‘zaro kirib borishlar uslublaridan foydalanishda katta tajriba to‘plaganlar. Texnik takomillashish va texnologik yangilanishning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishda ular ko‘pgina ishtirokchilarning birlashgan harakatlaridan foydalanish, ko‘pgina ishtirokchilarning hamkorlikdagi harkatlarining muvofiqlashuvini amalga oshirish, bunda kattaroq daromad olish maqsadida firmaningbozordagi hulqi raqobatli undovchi sabablarini yo‘qotmaslikni uddasidan chiqqanlar.