Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
SamISI o‘quv uslubiy
Kengashida muhokama etilgan
O‘UK raisi_______Q.J.Mirzaev
Bayonnoma №____ 2018 yil_____
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“INNOVATSION IQTISODIYOT”
fanidan
O‘QUV USLUBIY MAJMUA
(MA’RUZA va AMALIY MASHG‘ULOTLARI UCHUN)
Bilim sohasi:
|
200000 -
|
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
230000 -
|
Iqtisodiyot
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5230100 -
|
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
|
Umumiy o‘quv soati:
|
210
|
|
5 semestr
|
6 semestr
|
SHu jumladan:
|
|
|
Ma’ruza mashg‘ulotlari:
|
32
|
22
|
Amaliy mashg‘ulotlar:
|
40
|
32
|
Mustaqil ta’lim va
mustaqil ishlar:
|
42
|
42
|
SAMARQAND 2018
R.J.Kurbanova, “Innovatsion iqtisodiyot”. O‘quv uslubiy majmua. Samarqand:SamISI 2018 y.
Taqrizchilar:
B.A.Abdukarimov SamISI “Iqtisodiyot” kafedrasi professori
N.Arabov SamDU “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti
“Iqtisodiyot” kafedrasining 2018 yil 1-sonli majlisida muhokama qilingan
O‘quv uslubiy majmua Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Ilmiy kengashida muhokama etilgan va o‘quv jarayoniga tadbiq etish hamda nashr uchun tavsiya etilgan. Bayonnoma № 1.2018 y.
MUNDARIJA
1.
|
O‘quv materiallari:ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar
|
|
2.
|
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
|
|
3.
|
Glossariy
|
|
4.
|
Ilovalar:
|
|
4.1
|
Fan dasturi
|
|
4.2
|
Ishchi fan dasturi
|
|
4.3
|
Tarqatma materiallar
|
|
4.4
|
Testlar
|
|
4.5
|
Elektron varianti
|
|
MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI REJASI
1 MAVZU: INNOVATSION IQTISODIYOTNING UMUMIY ASOSLARI
1.”Innovatsion iqtisodiyot” kursining predmeti.
2.O‘zbekistonda etakchi tarmoqlarini innovatsion rivojantirish to‘g‘risidagi famonlar va nizomlar
1.Innovatsion iqtisodiyot” kursining predmeti.
Mustaqil O‘zbekiston rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiya jarayonining doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Innovatsion iqtisodiyot” fani “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modellari”, “Axborot tizimlari”, “Huquqshunoslik”, “Innovatsion marketing” va “Makro- va mikroiqtisodiyot” kabi fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganiladi.
Ushbu sohada eng yangi va zamonaviy ilmiy izlanishlarni olib borgan va shu sohaga oid ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan Jati Senguptaning innovatsiyalarga bergan ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak. “Innovatsiyalar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, ammo har qanday shaklda u mahsulot tannarxini kamaytirish va yoki bozor talabini kengaytirishga yordam qiladi.
Innovatsiyalarning ba’zi bir muhim turlari sifatida:
Texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar
Endogen yoki ekzogen innovatsiyalar
Sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi
Texnologiyalar konsorsiumi orqali shakllantiriladigan innovatsiyalar”1 qabul qilinadi.
Fanning vazifasi – o‘rganuvchida innovatsion faoliyatning mohiyati, roli, asosiy elementlari va bosqichlari bo‘yicha tizimli tushunchalarni shakllantirish, innovatsion jarayonlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi mohiyatini ochib berish, intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, huquqiy muhofazasi va himoyasini ta’minlash, ixtiro, kashfiyotlar tizimini tashkil qilish va boshqarish sohasidagi asosiy tushunchalar va ta’riflarni, O‘zbekiston va boshqa davlatlarning innovatsion tizimi va shu sohadagi qonunlarni o‘rgatishdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: |