5-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi 17. Vazir mazkur Nizomga muvofiq:
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalar bajarilishining to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi, shuningdek, o‘z funksional vazifalarining bajarilishi;
Vazirlik huquqlarining samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
18. Vazir o‘rinbosarlari mazkur Nizomga muvofiq:
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlarda Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarning lozim darajada bajarilishi, shuningdek, o‘z funksional vazifalarining bajarilishi;
mutasaddilik qiladigan Vazirlikning tarkibiy tuzilmasi va idoraviy mansub tashkilotlari orqali Vazirlik huquqlarining samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
19. Markaziy apparat bo‘linmalarining rahbarlari tegishli bo‘linmaga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning so‘zsiz va lozim darajada bajarilishi, shuningdek, o‘z funksional vazifalarining bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
1-§. Vazirlik rahbariyati 20. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
21. Vazir o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.
22. Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
23. Vazir bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
24. Vazirlik markaziy apparat xodimlari, idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
25. Idoraviy mansub tashkilotlar haqidagi nizomlar vazir tomonidan tasdiqlanadi.