7-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari 38. Vazirlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
39. Vazirlikning samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
40. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
41. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubiyoti qonun hujjatlarida belgilanadi.
8-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
Oldingi tahrirga qarang. 42. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018 y., 07/18/3698/1178-son) 43. Ilmiy-texnik axborot markazi, shuningdek, Vazirlik nashriyotini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash ularning xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlarini inobatga olgan holda Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
44. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq to‘lanadi.
45. Vazirlik xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari mehnatga haq to‘lash fondi, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lardan iborat.