O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə13/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

3-bob. Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish
18. Jamg‘armani boshqarish O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri boshqaradigan Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
20. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi zaruratga qarab har chorakda kamida bir marta majlis o‘tkazadi. Zarur hollarda, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi mumkin.
21. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi majlisi unda Kuzatuv kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori ishtirok etuvchi a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va Kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
22. Jamg‘arma Kuzatuv kengashi:
har yili Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozi parametrlarini, shuningdek, Jamg‘armaga tushgan va sarflangan mablag‘lar bo‘yicha hisobotni tasdiqlaydi;
ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qo‘shimcha jihozlash bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish tartibini, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlashni belgilaydi;
yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibini belgilaydi;
Vazirlikning takliflari asosida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlariga (patentlarga) bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ularning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
etakchi xorijiy elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun talab etiladigan xarajatlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplashni nazarda tutgan holda Vazirlik takliflari asosida ma’lumotlar bazasi ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining shtat jadvalini va uni ta’minlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Jamg‘armaga xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilishda ko‘maklashadi;
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarini jalb qiladi;
Jamg‘arma daromadlarini to‘liq shakllantirish hamda mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamg‘arma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23. Jamg‘armaning joriy faoliyatiga, shu jumladan mablag‘larning to‘planishi va sarflanishiga rahbarlik Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasiga Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijro etuvchi direktor rahbarlik qiladi.
25. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
mablag‘lar ajratishga kelib tushgan buyurtmalar bo‘yicha ma’lumotlar olish;
Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish;
mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan hollarda moliyalashtirishni to‘xtatib turish, keyinchalik ushbu masalani Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
xorijiy valyutada hisob raqamlar ochish va yuritish, belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni amalga oshirish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi raisining roziligi bilan bo‘sh mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklarida milliy valyutada depozitlarga joylashtirish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ruxsati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyot, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish sohalaridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha moliyalashtiruvchi taraf, shuningdek, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi tushumlar yuzasidan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etish.
26. Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi quyidagilarga majbur:
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirish;
Jamg‘armadan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘larni ajratish bo‘yicha kelib tushgan buyurtmalarni to‘plash, ularni umumlashtirish va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
qonun hujjatlariga muvofiq har yili Jamg‘arma faoliyatining auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va ommaviy axborot vositalarida hisobot e’lon qilish;
Jamg‘arma daromadlarini shakllantirish tartibini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarorlarini o‘z vaqtida ijro etish;
Jamg‘arma Kuzatuv kengashi qarorlarini Vazirlikka etkazish;
Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘larning foydalanilishini monitoring qilish;
Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va undan foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni Kuzatuv kengashiga taqdim etish.
27. Ijro etuvchi direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
28. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga, shuningdek, har yili Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga hisobotlar taqdim etadi.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot har chorakda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
29. Ijro etuvchi direksiyaning ta’minoti Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish (ustama, qo‘shimcha haq, oylik mukofotlar) Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
30. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori:
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi, shu jumladan uning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi;
Vazirlik bilan kelishgan holda Jamg‘arma xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy davlatlarning davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari, yuridik hamda jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar oldida Jamg‘arma manfaatlarini ifodalaydi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamg‘arma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi, Jamg‘arma nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi;
shtatlar jadvalini, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Jamg‘arma ta’minotining xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Jamg‘arma Kuzatuv kengashiga taqdim etadi;
Jamg‘armaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Jamg‘arma nomidan da’volar taqdim etadi;
Jamg‘arma xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Jamg‘arma mablag‘larining jamlanishi va sarflanishi masalalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
ushbu Nizom va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
31. Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi, shuningdek, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin