O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə14/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishini hisobga olish va nazorat qilish
32. Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va undan foydalanilishining buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, hisobotlarni tuzish Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq har yili Jamg‘arma faoliyatining auditorlik tekshiruvini o‘tkazadi va ommaviy axborot vositalarida hisobot e’lon qiladi.
34. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
35. Jamg‘arma mablag‘laridan Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq maqsadli foydalanilishi uchun mas’uliyat Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori zimmasiga yuklanadi.
5-bob. YAkunlovchi qoidalar
36. Jamg‘armani tugatish va qayta tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

37. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoniga

SH A R H

Keyingi bir yilda O‘zbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, bunda asosiy e’tibor fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va aholi manfaatlarini amalda ta’minlashga qaratildi.


"Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun", "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", degan ezgu g‘oyalar O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ko‘zda tutilgan islohotlarni hayotga tatbiq etishning asosini tashkil qildi. Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini sifat jihatidan yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy soha, sud-huquq tizimini isloh qilish, vazmin va amaliy tashqi siyosat yuritishga qaratilgan qator aniq va amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi. SHu bilan birga, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida qilingan ishlarning tanqidiy tahlili joylarda aholi farovonligini oshirish va ishlar ahvolini tubdan yaxshilashga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Davlatimiz rahbari o‘zining 2017 yil 22 dekabr kuni parlamentga yo‘llagan tarixiy Murojaatnomasida ham mavjud o‘tkir muammolarga e’tibor qaratdi, ularni hal etishning aniq yo‘llarini taklif qildi. SHu munosabat bilan Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) loyihasi ishlab chiqildi hamda 10-20 yanvar kunlari aholi o‘rtasida keng va atroflicha muhokama qilindi.
Davlat dasturi loyihasini muhokama qilish davomida fuqarolardan 4,4 mingta taklif va sharh kelib tushdi, ulardan Davlat dasturini takomillashtirishda foydalanildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22 yanvar kuni qabul qilingan Farmoni bilan Davlat dasturi tasdiqlanib, uning asosiy yo‘nalishlari va uni amalga oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari belgilandi.
Fuqarolardan kelib tushgan takliflarning aksariyatida ko‘rsatilgan dolzarb muammolarni hal qilishga oid alohida huquqiy normalar bevosita Farmonning o‘zida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularning ijrosini darhol ta’minlash shart ekani belgilandi.
Farmon bilan tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilindi. Endilikda, Farmon e’lon qilingan kundan boshlab tadbirkorlik sub’ektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlariga vaqt va resurs sarflamasdan o‘z faoliyatini xotirjam amalga oshirishlari mumkin. YAna bir muhim yangilik – vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga oid taqiq bekor qilinadi. Ushbu norma fuqarolarga mamlakatimizning istalgan hududida, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga joylashishda hech qanday cheklovlarsiz o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Istiqbolli kadrlar qaerda doimiy yoki vaqtincha propiska qilingani, turar joyi bo‘yicha hisobda turganidan qat’i nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladilar.O‘z navbatida, ish beruvchilar vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud turar joyi bo‘yicha hisobdan o‘tmagan fuqarolarni ishga olganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.Davlat dasturi 5 bo‘limdan iborat. Davlat dasturi doirasida 37 ta qonun (Saylov kodeksi, "Davlat xizmati to‘g‘risida", "SHaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida", "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida", "Fan to‘g‘risida", "Innovatsion faoliyat to‘g‘risida"gi va boshqalar)ni ishlab chiqish, 142 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish hamda turli sohalarni qamrab oladigan 52 ta amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin