O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə12/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va sarflash
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga patent bojlari, yig‘imlar va soliq toifasiga kirmaydigan boshqa to‘lovlardan kelib tushgan valyuta mablag‘larining 90 foizi;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslarning homiylik mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
5. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining valyuta mablag‘lari Agentlik tomonidan Jamg‘armaning hisob raqamlariga har oyda valyutaning har bir turi bo‘yicha alohida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha o‘tkaziladi.
Jamg‘armaga kelib tushadigan boshqa mablag‘lar tegishli hisob raqamlarga valyutaning har bir turi bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
6. Jamg‘armaga mablag‘lar kelib tushishining to‘liqligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) va Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
7. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini ta’minlashga, innovatsion mahsulotlarni chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or ilmiy tadqiqot va izlanish ishlarini olib borish uchun tanlov asosida mutlaqo yangi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
mahalliy innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni transfer qilish maqsadida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘llab-quvvatlash xarajatlarini qoplash;
davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash hamda zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining etakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishini ta’minlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni qoplash;
yosh olimlarning etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirishi uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;
texnologiyalarni transfer qilish sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, qonunchilikni birxillashtirish va uyg‘unlashtirish, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) asosida jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
Vazirlik va Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnik ta’minlash;
Vazirlik Ilmiy-texnik axborot markazi, nashriyoti, shuningdek, Vazirlik qarori bilan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha idoraviy ilmiy hamda o‘quv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarning xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash;
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarni, shu jumladan innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yillik yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazishni moliyalashtirish.
8. Jamg‘arma tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilmagan tadbirlarni moliyalashtirish Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
9. Jamg‘armaning daromad va xarajatlar smetasi Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Jamg‘armadan pul mablag‘larini ajratish tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek, Jamg‘arma Kuzatuv kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
11. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish:
ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qo‘shimcha jihozlash, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkazilgan tanlov asosida saralash, shuningdek, yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini o‘zlashtirishga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov asosida saralash yakunlari. Bunda Jamg‘arma Kuzatuv kengashi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining asoslantirilgan takliflari bo‘yicha tanlov o‘tkazmasdan turib qaror chiqarish huquqiga ega;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlari (patentlari)ga huquqlarni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash uchun ularning ro‘yxatini, shuningdek, erkin foydalanishni ta’minlash xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanadigan etakchi xorijiy elektron ilmiy ma’lumotlar bazalari ro‘yxatini tasdiqlash;
belgilangan tartibda Jamg‘arma xarajatlar smetasini tasdiqlash bo‘yicha Kuzatuv kengashining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
12. Ilmiy tadqiqotlarning tasdiqlangan ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qo‘shimcha jihozlash, shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi buyumlar bilan ta’minlash bo‘yicha xaridlarni tashkil etish uchun:
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi, Vazirlik va buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy ta’lim muassasasi) o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi;
Vazirlik xorijiy etkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni belgilangan tartibda tanlash asosida ular bilan tovar etkazib berishga (shu jumladan zarurat bo‘lganda, tovarni ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasiga etkazib berish, ishga tushirish-sozlash va boshqa o‘ziga xos ishlarni amalga oshirishga) tegishli kontraktlarni tuzadi, shuningdek, xorijiy valyutada moliyalashtirishni ochish uchun Jamg‘armaga buyurtmanoma beradi;
Vazirlikdan tovarni qabul qilib olish buyurtmanomani bergan tegishli ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi tomonidan bepul asosda amalga oshiriladi.
Bunda tovar etkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasiga Vazirlik tomonidan taqdim etiladi.
13. Bepul asosda olingan ilmiy asbob-uskuna, sarflash materiallari va butlovchi buyumlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas’uliyat tegishli ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
14. Quyidagi xarajatlarni:
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining etakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarni to‘lash Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasi va ma’lumotlar bazasining egasi bo‘lgan muassasa o‘rtasida tegishli ma’lumotlar bazasiga obuna bo‘lish haqida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
yosh olimlarning etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar) qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari bo‘yicha xarajatlarni to‘lash Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, Vazirlik, xodimi yosh olim hisoblanadigan ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy ta’lim muassasasi) hamda etakchi xorijiy ilmiy tashkilot o‘rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadigan ilmiy stajirovka shartlari, talablari va muddatlariga muvofiq amalga oshiriladi;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, tegishli buyurtmanoma bergan ilmiy-tadqiqot yoki oliy ta’lim muassasasi va xorijiy patent idorasi (patent idorasi agenti) o‘rtasidagi uch tomonlama shartnoma asosida amalga oshiriladi.
15. Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan smetasiga muvofiq uning hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
16. Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lardan foydalanilishi va keyingi hisobot davrida kutilayotgan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
17. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari byudjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi davrda foydalaniladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin