O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti samisi o‘quv uslubiy Kengashida muhokama etilgan


O‘zbekistonda etakchi tarmoqlarini innovatsion rivojantirish to‘g‘risidagi famonlar va nizomlar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/73
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#202241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Innovatsion iqtisodiyot” fanidan O‘quv uslubiy majmua-www.hozir.org

2.O‘zbekistonda etakchi tarmoqlarini innovatsion rivojantirish to‘g‘risidagi famonlar va nizomlar
O‘zbekiston respublikasi prezidentining Qarori “O‘zbekiston respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF-5264-son Farmonini ijro etish yuzasidan

  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 82 nafardan iborat markaziy apparati tuzilmasi;


  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi to‘g‘risidagi nizom


  • Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi


  • Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Kuzatuv kengashining tarkibi


  • Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom


2. O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga:


  • zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;


  • Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan Vazirlik xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;


  • Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, etakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb qilish;


  • yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish, shuningdek, ularga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash huquqi berilsin.


3. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;


  • Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.


  • Vazirlik huquq va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi;


  • Jamg‘arma huquq va majburiyatlar bo‘yicha tugatilayotgan Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi;


  • O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, shuningdek, uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.


4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlik buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni ta’minlasin.


5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish hamda ularning uzaytirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Vazirlikni zarur aloqa vositalari, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
8. Jamg‘arma quyidagilardan:
yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari barcha turdagi soliq va to‘lovlar, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Vazirlik faoliyati ommaviy axborot vositalarida tizimli ravishda keng yoritilishini tashkil etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga
1-ILOVA

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin