9
udumlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Megalitik qurilmalar asosan uch turga bo‘linadi: mengirlar,
dolmenlar va kromlexlar.
Mengirlar - bu vertikal shaklda o‘rnatilgan balandligi 20 metrli katta tosh
bo‘laklaridir. Eng katta mengirlarning og‘irligi qariyb 300 tonnagacha bo‘lgan. Mengirlar
biron-bir tarixiy hodisa sharafiga o‘rnatilgan.
Dolmenlar - bu bir necha vertikal o‘rnatilgan tosh va ularning usti gorizontal tosh
plitasi bilan yopilgan qurilma bo‘lib, asosan, qabila boshqaruvchisi uchun qurilgan. Qabila
boshlig‘i o‘limidan keyin shu yerda dafn etilib, dolmen maqbara vazifasini o‘tagan.
Kromlexlar - megalitik qurilmalar ichida eng murakkab
va kompozitsion jihatdan
uyg‘unlashgan inshootdir. Angliyaning Stounxendj degan joyidagi kromlex diametri 30
metr bo‘lgan aylana bo‘yicha qo‘yib chiqilgan toshlar va uchi bir-biri bilan toshlar
vositasida bog‘langan inshootdir. Ichki aylanada yana uch juft vertikal toshlar
joylashtirilgan bo‘lib, ularning usti ham o‘zaro balka orqali bog‘langan.
Aylananing
geometrik markazida eng katta vertikal tosh joylashtirilgan. Kromlexlar qadimgi ibtidoiy
jamoa uchun ibodatxona vazifasini o‘tagan.
Kromlexlarning aylana shakli ularning quyosh ibodatxonalari vazifasini o‘taganligi
ifodasidir.
Ibtidoiy jamoa rivojlanishining so‘nggi davrlarida mudofaa uchun mo‘ljallangan
qal‘asimon inshootlar va ibodatxona vazifasini bajaradigan qurilmalar keng tarqaladi.
Siklopik qal‘alar deb nomlanuvchi qurilmalar devorlari katta o‘lchamdagi vertikal
toshlardan qurilgan. Yog‘ochga boy joylarda esa qal‘a devorlari odatda daraxtlar tanasidan
yasalgan. Odatda qal‘alar ikki yoki uch qator devorlar bilan o‘rab olingan.
Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralishi, xususiy mulkning paydo bo‘lishi
ibtidoiy jamoa tuzumi inqiroziga olib keldi. Bu inqiroz natijasida
ibtidoiy jamoa tuzumi
tanazzulga yuz tutadi va quldorchilik jamiyati yuzaga keladi.
Neolit davrida O‘rta Osiyoda ham chaylaga o‘xshash katta qabila uylari qurilganligi
ma‘lum. Jumladan, eramizdan oldingi IV - III ming yilliklarga taalluqli Qadimgi
Xorazmda ochilgan «Jonboz - 4» deb nomlanuvchi ovchilarning chavlasimon turarjoyi
bunga misol bo‘la oladi. Bu imorat qum barxani ustida qurilgan bo‘lib, o‘lchamlari
290x17 metrni tashkil qiladi. Imorat markazida diametri 1,2metr bo‘lgan bosh o‘choq va