O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/38
tarix07.01.2024
ölçüsü0,8 Mb.
#210729
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38
O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi s

«ioniy» 
va «doriy» turdagi ustunlar tizimi 
yaratilgan. Doriy orderi asosan Yunonistonning g‘arbiy qismida, ioniy orderi esa asosan 


18 
sharqiy hududlarda rivojlangan. Doriy orderi o‘z tizimi bilan oddiy va mahobatli to‘rt 
shaklga ega. Ioniy orderi yengil va nafis shaklga ega. 
Order sistemasi eramizdan avval V asrda to‘liq shakllandi va bu sistema asosan 
ibodatxona va yirik jamoat inshootlari qurilishida qo‘llanildi. Masalan, order sistemasi 
Selinuntdagi ibodatxona, Olimpiadagi Zevs ibodatxonasi va boshqa binolarda ishlatilgan. 
Qadimgi Yunonistonda binolarning loyihaviy yechimi ham order sistemasi bilan 
bog‘liq bo‘lib, quyidagicha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan: «Ant» turi to‘g‘ri 
burchakli xona «sella» va uning oldida to‘rt ustunli «portik»lar yasalishi natijasida
«amfioprostil» turi esa «sella»ning ikki tomonidan «portik» joylashtirilishi va «peripter» 
turi «sella» atrofida to‘rt tomonidan ustunlar qo‘yilishi bilan hosil qilingan. 
Arxaika va klassika davrlarida peripter turidagi binolar qurilishi Qadimgi Yunon 
arxitekturasidagi yutuqlar to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot beradi. Afina shahridagi Akropol 
ansamblining qurilishi shu davrning eng yuksak yodgorligidir. Afina Akropoli asosan 
Parfenon, Erexteyon, Niki Apteros ibodatxonalari va kirish qismi - Propileydan tashkil 
topgan. 
Niki Apteros ibodatxonasi arxitektor Kallikrat loyihasi asosida eramizdan avvalgi 
449-yilda qurilgan. Bu ibodatxona qurilishi afinaliklarning fors qo‘shini ustidan qozonilgan 
g‘alabasiga bag‘ishlangan. Amfiprostil tipidagi bu bino o‘lchamlari plan bo‘yicha 5,4x8,14 

bo‘lib, ustunlarining balandligi 4,04 
m. 
O‘lchamlari katta bo‘lmagan bu bino o‘zining 
uyg‘unlashgan ioniy order sistemasining har bir elementigacha aniq va mutanosib qilib 
ishlanishi bilan ajralib turadi. Baland poydevor ustiga qurilgan bu bino Akropolga 
yaqinlashish paytida mahobatli bo‘lib ko‘rinadi. Afina xudosiga bag‘ishlanib eramizdan 
avvalgi 447 - 438-yillarda Parfenon ibodatxonasi qurilgan. Akropoldagi eng katta bo‘lgan 
bu bino arxitektorlar Iktin va Kallikrat loyihasi asosida qurilib, peripter shakliga ega. 
Plandagi o‘lchamlari 30,86x69,51 metr bo‘lgan ibodatxona Akropolning eng baland 
maydonchasida qurilgan va atrof muhitda eng katta bino bo‘lgan. Ibodatxona sella atrofini 
46 ustun bilan o‘ragan bo‘lib, ustunlarning balandligi 10,43 metr va diametri 1,905 metrni 
tashkil qiladi. Sella ichki tuzilishi ikkita katta zal - to‘g‘ri to‘rt burchak va kvadrat 
shaklidagi xonalardan iborat. «Parfenon» degani yunonchasiga «Qizlar xonasi» ma‘nosini 
belgilaydi. Parfenonda Afinaning eng go‘zal va mohir qizlari, «peplos» (yunoncha gilam) 


19 
to‘qib, bu gilam har yili panafineya bayrami payti Afina xudosiga taqdim qilingan. To‘g‘ri 
to‘rt burchakli zal ichida Afina xudosi haykali o‘rnatilgan edi. Ibodatxona tashqi ayvonlari 
doriy ustunlari bilan bezatilgan. Ustunlar o‘zining mahobatli va chiroyli shakllari bilan 
stilobat va antablamentga uyg‘unlashtirilgan. Qadimgi Yunon arxitekturasi durdonasi 
sanalgan Parfenon o‘zining mahobatli shakllari, alohida qismlarining nafis qilib ishlanishi, 
order sistemasining badiiy-kompozitsion sifatlarining yuksak darajada ustalik bilan 
ifodalanishi bilan ajralib turadi. 
Erexteyon ibodatxonasi Akropolda qurilgan eng so‘nggi bino bo‘lib, eramizdan 
avvalgi 421 - 408-yillarda qurilgan va plandagi o‘lchamlari 11,63x23,5 metrni tashkil 
qiladi. Bu ibodatxona ikki sathda joylashgan bo‘lib, bir qismi Afina xudosiga, ikkinchi 
qismi esa Poseydon xudosiga bag‘ishlangan. Asosiy kirish ayvonlari - portiklar ioniy 
orderlari bilan bezatilgan. Parfenonga qaratilgan tomonda ham portik qurilgan bo‘lib, 
undagi ustunlarga qizlar shakli berilgan. Erexteyon ibodatxonasi o‘zining assimetrik 
kompozitsiyasi, kirish ayvonlari yechimi, ioniy orderlarining yengil va nafis shakli bilan 
xarakterlanadi. 
Akropolga kirish qismi - Proniloyey eramizdan avvalgi 437 - 432-yillari arxitektor 
Mnesikl loyihasi asosida qurilib, ikki ayvon - doriy orderli g‘arbiy va sharqiy portik va ular 
o‘rtasidagi ikki qator ioniy ustunlariga ega kirish xonasidan tashkil topgan. 
Propiley to‘g‘risiga Afina xudosining haykali o‘rnatilib, Akropol ansamblining 
vertikal kompozitsion markazi sifatida haykaltarosh Fidiy tomonidan ishlangan. 
Arxaik va klassik davrlarda Afina Akropolidan tashqari yana bir qancha yirik 
ansambllar yaratilgan. Masalan, Olimpiadagi Zevs ibodatxonasi, pelfadagi Appolon 
ibodatxonasi, Selinunt va Poseydondagi ibodatxonalar komplekslari shular jumlasidan. 
Ammo eramizdan avvalgi IV asrdan boshlab ibodatxonalar qurilishi kamayadi va jamoat 
binolari -agora (savdo markazi), teatron va shahar tarldbida katta ahamiyatga ega boshqa 
bino va inshootlar qurilishi keng tarqaladi. 


20 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin