O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə91/167
tarix20.11.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162030
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   167
Strategik marketing-www.hozir.org

-«Sog‘in sigirlar»
(sekin o‘sish/yuqori ulush): bozor ulushini qo‘lda tutib
turish uchun talab qilinadigan miqdordan ko‘proq mablag‘ keltirishi mumkin bo‘lgan
tovarlar. Ular diversifikasiya yoki tadqiqotlarni rivojlantirishga mo‘ljallangan
moliyaviy mablag‘larning manbalari hisoblanadi. Bu erda ustuvor strategik maqsad
«hosilni yig‘ib olish»dan iborat bo‘ladi.
-«Itlar»
(sekin o‘sish/kichik ulush): bozordagi eng ko‘ngilsiz holat. Odatda
xarajatlar jihatdan yomon ahvolda bo‘ladilar va shuning uchun bozor ulushining
ko‘payish ehtimoli kam bo‘ladi, buning ustiga bozordagi kurash asosan yakunlangan
bo‘ladi. Odatda bunday tovarlarning saqlab turilishi katta moliyaviy sarf-xarajatlarga
olib kelib, ahvolning yaxshilanish ehtimoli kam bo‘ladi. Bu holatdagi ustuvor
strategiya qayta investitsiyalash va kamharajatlikdir.
-«So‘roq belgilari»
(tezkor o‘sish/kichik ulush): bu guruhdagi tovarlar o‘sishni
qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘lar talab qiladi. Ularning ahvoli peshqadamga
qaraganda unchalik yaxshi bo‘lmasa ham, ularda ma’lum darajada muvaffaqiyat
qozonish ehtimoli bor, chunki bozor hali kengayib bormoqda. Bu tovarlarga
moliyaviy yordam ko‘rsatib turilmasa, ular hayotiylik davri bo‘ylab harakatlanish
davomida «itlar»ga aylanib boradi. SHuning uchun bu erda muqobil variant bor:




125

bozor ulushini oshirish yoki qayta investitsiyalash.
-«Yulduzlar»
(tezkor o‘sish/yuqori ulush): tezkor o‘sib borayotgan bozordagi
peshqadam tovarlar. Bu tovarlar ham o‘sishni qo‘llab-quvvatlash uchun katta
mablag‘larni talab qiladi, ammo bunday tovarlar raqobatbardosh bo‘lganligi tufayli
katta daromad keltiradi; bozor etilib borgan sari avvalgi «sog‘in sigirlar»ning o‘rnini
egallaydi.
Punktir chiziqlar - ushbu ob’ektlarning xarajatlarini anglatadi.
To‘g‘ri chiziqlar - “sog‘in sigirlar” dan tushgan mablag‘larni taqsimlash
yo‘nalishini belgilaydi.
Kelgusida BKG matritsasini qo‘llash ko‘lami bir muncha kengayadi. U bir
tarmoqda raqobatda bo‘lgan firmalar mavqeini tahlil qilishda qo‘llana boshladi.
Bundan tashqari, “yovvoyi mushuklar” guruhiga kiruvchi raqobatchilarni “so‘roq”
yoki bo‘lmasa “murakkab go‘dak” tarzida ham ifodalash ko‘pgina chet el adabiyotida
uchraydi. Ba’zi adabiyotlarda esa gorizontal o‘qlarning joylashuvi chapdan o‘ngga
qarab o‘sib borish tartibida tasvirlanadi. SHu tufayli ushbu BKG matritsasining bir
muncha takomillashgan tasvirda uchrashiga ijobiy yondashish kerak.
Demak, keltirilgan BKG matritsasi yordamida 2 vazifani hal etish mumkin:
1) bozordagi mavqe xususida qaror qabul qilish;
2) SXZ(strategik xo‘jalik zonalari) ni kegusida moliyaviy ta’minlash xususida
axborot olish.
SHu bilan birga, BKG matritsasidan foydalanishda ayrim kamchiliklar ham
mavjud.
Jumladan, nobarqarorlikni nazarda tutish mumkinligi, har bir


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin