207
b) past narx strategiyasini belgilash
v) yuqori narx strategiyasini belgilash
g) o‘zgaruvchan narxni belgilash
15. Tovar strategiyasida eliminatsiya deganda nimani tushunasiz?
a) mavjud tovarlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash,
tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish
b) yangi tovarlar ishlab chiqarishni to‘xtatish
v) takomillashtirilgan tovar ishlab chiqarish
g) mavjud tovarlarni ishlab chiqarish
16. Funksional mutaxassis strategiyasining mazmuni nimadan iborat?
a) firma bitta funksiyani bajarishga maxsuslashtiriladi, biroq barcha guruh
iste’molchilariga xizmat qiladi
b) firma bir necha funksiyani bajarishga yo‘naltiriladi
v) firma barcha bozor segmentiga xizmat qiladi
g) firma aniq mijozga maxsuslashtiriladi
17. I.Ansoff tomonidan taklif etilgan “tovar –bozor” strategik modelining
afzalligi nimadan iborat?
a) foydalanishning oddiyligi, kon’yunkturani turli va qiyin omillarini oson
tushuntirishligi
b) bir tomonlama o‘sishga mo‘ljal olish
v) 2 ta muhim tavsifnoma bilan cheklanganligi
g) ko‘plab omillarni hisobga olishi
18. Segmentlashda bozor bo‘shlig‘i deganda nimani tushunasiz?
a) bu mazkur korxona ishlab chiqaradigan mahsulotga ehtiyojni qondirish
uchun hammasidan yaxshi mos keladigan iste’molchilar guruhi
b) bu raqobatchilar band qilmagan iste’molchilar guruhi
v) bu ishlab chiqaruvchilar band qilmagan iste’molchilar guruhi
g) bu mahsulot sotuvchilar band qilmagan iste’molchilar guruhi
Dostları ilə paylaş: