O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə113/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Avval tanlanadigan tovarlar. Bu tovarlar o‘rtacha xatar toifasiga kiradi.
Iste’molchi o‘ziga tanish markalarni turli mezonlar bo‘yicha, masalan, o‘zining
maqsadi, o‘zi yoqtirgan uslub, narx va sifatga mos kelishi bo‘yicha taqqoslab ko‘radi.
Avvalgi boblarda ko‘rsatib o‘tilganidek, xaridorning xulq-atvor cheklangan
rasionallik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bu odatdagi hol emas. Bunday turdagi
tovarlarga nisbatan iste’molchi o‘z vaqtini bozorda mavjud bo‘lgan turli takliflarni
chamalab ko‘rish uchun sarflashga tayyordir. Bunday tovarlar toifasiga mebel, kiyim-
kechak, audio va videoapparaturalar, ya’ni har kuni sotib olinmaydigan qimmatbaho
tovarlar kiradi. Odatda, xarid qilishdan avval iste’molchilar bir necha savdo
shohobchalariga borib ko‘radi, bunda sotuvchilar o‘z maslahat va tavsiyalari bilan
ularga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu toifadagi tovarlar uchun bozorni katta




165

miqyosda qamrab olish shart emas va sotuvchining roli hisobga olinsa, saylanma
savdo ustunroq.
Maxsus ehtiyoj tovarlari. Bu noyob xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlar
bo‘lib, ularni topish va sotib olish uchun iste’molchi ko‘p kuch sarflashga tayyor
bo‘ladi. Bularga avvalo lyuks toifasiga kiruvchi maxsus tovarlar: avtomobillarning
nufuzli modellari, eng yaxshi poyzafzal modellari, tansiq taomlar, so‘nggi modadagi
buyumlar kiradi. Xaridor bunday tovarlarni sotib olishda markalarni taqqoslab
o‘tirmaydi. U o‘zining nimani istayotganligini aniq bilgan holda o‘zi xohlagan marka
sotilayotgan savdo shoxobchasini izlaydi. Bu erda xaridorning tovar yoki markaning
bir yoki bir necha belgili xossalariga o‘chligi asosiy rol o‘ynaydi. Bunday turdagi
tovarni ishlab chiqaruvchilar saylanma yoki eksklyuziv sotish bilan cheklanishlari
mumkin. Bunda savdo shohobchalarining topishga oson joyda bo‘lishi ham shart
emas, xaridorlar ularning qaerda joylashganligini bilishsa bo‘ldi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin