O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə18/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

ehtiyojlarining tahlilidir. Marketing nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning
o‘ziga emas, balki shu tovar yordamida echiladiigan muammoning hal qilinishiga
muhtojdir. Echimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning o‘zi
esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik marketingning roli - berilgan bozorning
evolutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida
turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan
iborat.
Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalaydi, endi ularning
jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bozorining jalb qiluvchanligi miqdoriy
jihatdan bozor salohiyati tushunchasi bilan o‘lchanadi, dinamik jihatdan esa o‘zining
mavjud bo‘lish muddati bilan yoki hayotiylik davri bilan tavsiflanadi. Muayyan
firma uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning raqobatbardoshligiga,
boshqacha qilib aytganda, xaridorlarning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda
yaxshiroq qondira olish qobiliyatiga bog‘liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning
raqobatli ustunlikka ega bo‘lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari
tufayli yoxud xarajatlar bo‘yicha ustunlik beruvchi yuqori ishlab chiqarish
samaradorligi tufayli mavjud bo‘ladi.
Tovarni bozorning o‘z-o‘ziga “tortayotganligi” yoki tovarning bozorga
texnologik jihatdan “kiritalyotganligidan” qat’iy nazar, tovar o‘zining iqtisodiy va
tijorat ahamiyatini baholash maqsadida strategik marketing nazoratidan o‘tishi kerak.
Tadqiqotlar va ishlanmalar xizmatlari (ITTKI), ishlab chiqarish va strategik
marketing o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tovar uchun
bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini
belgilash va investitsion qarorlar qilish uchun zamin yaratadi va binobarin, firmaning
butun moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta’minlashda g‘oyatda




21

muhimdir.
Shunday qilib, strategik marketingning roli firmani manfaatli iqtisodiy
imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan,


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin