63
bozorlari barqaror bo‘la olmaydilar, biroq quyidagicha uch toifaga ajratish mumkin
bo‘lgan yo‘nalishlarda rivojlanishda davom etadilar.
Iste’molchilarning yangi guruhlarini qo‘shib olish hisobiga kengayishda
tovar asta-sekin iste’molchilarning yangi-yangi guruhlarini o‘ziga jalb qilib boradi,
bozorni qamrab olish darajasi ortib boradi. Masalan, shaxsiy kompyuterlar o‘rta
ta’lim sohasiga tobora kirib bormoqda.
Yangi funksiyalar hisobiga kengayishda esa yangi tovarlarning paydo
bo‘lishi ilgari turlicha bo‘lgan funksiyalarni birlashtirmoqda, masalan hozirgi
telefonlar faks, nusxa ko‘chirish qurilmasi va avtomat javob beruvchi funksiyalarni
o‘zida mujassam etadi.
Texnologiyaning o‘rnini bosish. Ma’lum bir iste’molchilar guruhiga
mo‘ljallangan ma’lum bir funksiyalar endilikda yangi, mukammalroq texnologiyalar
vositasida amalga oshirilmoqda. Masalan, bosma materiallarni tarqatish hozirda
elektron pochta yordamida amalga oshirilmoqda.
Ushbu o‘zgarayotgan kuchlar va ular ta’siri ostida tovar bozorlarining
kengayishi jalb qiluvchanlikni baholashning hal qiluvchi mezoni bo‘lgan hayotiylik
davrini ham o‘zgartirmoqda.
3.2. Mikrosegmentlash tahlili
Mikrosegmentlashning
vazifasi
makrosegmentlovchi
tahlil
bosqichida
aniqlangan tovar bozorlarining ichida xilma-xil ehtiyojlarni
batafsil tahlilini amalga
oshirishdan iboratdir. Ta’rifga ko‘ra, ma’lum bir tovar bozoriga mos keluvchi
iste’molchilar birgina asosiy funksiya bilan,
masalan, soatlar haqida gap ketganda,
vaqtni o‘lchash masalasi bilan qiziqadilar. SHunga qaramay, ular qidirilayotgan
funksiyaga yoki unga hamroh bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlarga
nisbatan turli xil
maxsus ko‘rsatkichlar yoki afzalliklarni kutayotgan bo‘lishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: