73
parametrlariga bo‘lgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu
segmentida mahsulotni raqobatli afzalligini ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini
marketing chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan tuzishdan iborat.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun maqsadli bozorni tanlash va
pozitsiyalashtirish strategiyasi iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatish, yangi
tovarlarni ishlab chiqish, siljitish va boshqalar uchun asos hisoblanadi. SHunday
qilib, pozitsiyalash strategiyasi differensiyalash strategiyasini amalga oshirish
vositasidir. Odatda bu bosqichda quyidagi savollar vujudga keladi:
- Xaridorlar ko‘proq ijobiy nazar bilan qaraydigan (haqiqiy yoki his
qilinadigan) xususiyatlar va yoki foydalar qanday?
- Raqobatlashuvchi markalar va firmalarning ushbu xususiyatlar va foydalarga
nisbatan pozitsiyalari qanday qabul qilinmoqda?
- Muayyan
segmentda
potensial
xaridorlarning
istak-xohishlarini
va
raqobatchilar tomonidan egallab bo‘lingan pozitsiyalarni hisobga olgan holda qanday
pozitsiyani egallagan ma’qul?
- Tanlab olingan pozitsiyani egallash va himoya qilish uchun qanday marketing
vositalari mos keladi?
Differensiasiyalangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab
chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar
uchun zarurdir.
Mahsulot differensiasiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu
birinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikasiya strategiyasini olib borishga
asoslanadi.
Konsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foydali
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu
bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli
marketing dasturi bilan yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra, bu strategiya bozor
chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash
kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko‘proq mos
keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentrlangan marketing strategiyasi ko‘proq kichik va
74
o‘rta korxonalar uchun mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash
uchun hamda katta etarli moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab etilmaydi.
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifning muhim
tavsifnomalarini, xarid to‘g‘risida qaror qabul qilishda mo‘ljal bo‘lib hisoblanuvchi
omillar ta’sirini o‘rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa mahsulot sifati, sifat darajasi,
ishonchliligi, tashqi ko‘rinishi va tovar raqobatbardoshligining boshqa ko‘rsatkichlari
bo‘lishi mumkin. Bozorni pozitsiyalashtirishni to‘g‘ri tashkil etishning marketing
rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqish shart-sharoiti bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: