O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə55/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160
Strategik marketing-hozir.org


Mo`ljaldagi 
xarajatlar 
Minimum
Q0

Mo`ljal E(Q) 
Birlamchi
talab Qm

Bozorning joriy salohiyati 

Jami markеting


bosimi

M
Mo`ljaldagi


xarajatlar

Minimum
Q0

Pasayish

Yuksalish



Mo`ljal E(Q) 
Birlamchi
talab Qm


4.2-rasm. Bozordagi talab - umumiy marketing bosimi funksiyasi sifatida 

Firma muhitning mavhumligi oldida mutlaqo ojizdir; uning qo‘lidan keladigan


birgina narsa - birlamchi talab, ayniqsa, sezgir bo‘lgan asosiy omillar ustidan
ishonchli nazorat qilib borish tizimini barpo etish yo‘li bilan kelajakni oldindan
ko‘rishga urinib ko‘rishdir.
Kengayadigan va kengaymaydigan birlamchi talab. Birlamchi talabning
minimal va maksimal darajasi o‘rtasidagi farq bozor imkoniyatlarining ko‘lamini
tavsiflaydi.
- Egri chiziqning birinchi qismi bilan ifodalangan talab birlamchi talab deb
ataladi, chunki birlamchi talab miqdoriga hajmni yoki umumiy marketing
faoliyatining intensivligini o‘zgartirish orqali osonlik bilan ta’sir ko‘rsatish mumkin.
- Egri chiziqning ustki qismida talab noelastik bo‘lib boradi, unga tegishli




78

bozor esa kengaymaydigan bozor deb ataladi. Marketing faoliyatining yanada
kuchayib borishi etuklik bosqichiga etgan bozorning hajmiga ta’sir qilmaydi.
Shunday qilib, kengaymaydigan bozorda uning hajmi aniq belgilab qo‘yilgan
bo‘ladi. Savdo hajmining biror firma foydasiga salgina ortishi muqarrar ravishda
uning bozordagi ulushi ham ortishini anglatadi.
Bozor salohiyatining mohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar xususida
to‘xtalib o‘tamiz. Mahsulotga bo‘lgan umumiy talab xususiyati talabning o‘zgarishi
va talab hajmining o‘zgarishi singari, bozorning kengligi va undagi xaridorlar
ishtiyoqiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor talabi funksiyasi vositasida yalpi talab miqdori
tebranib turadi. YAlpi talab miqdori o‘z navbatida mamlakat, viloyat, tarmoq kabi
ko‘lamlarda, turlicha davr mobaynida o‘ziga xos o‘zgarish xususiyatlariga ega
bo‘ladi. Demak, yalpi talab o‘zining yuqori va quyi chegaralariga ega bo‘ladi. Jami
talabning yuqori chegarasini ifodalovchi miqdor bevosita bozor salohiyatini aks
ettiradi.
U holda bozor salohiyati yalpi talab miqdorini aks ettiradigan ko‘rsatkich
bo‘lib hisoblanadi. Bozor salohiyati ayrim adabiyotlarda bozor sig‘imi tushunchasi
bilan tenglashtiriladi. Lekin, ko‘pgina xorijiy adabiyotlarda salohiyat tushunchasi
yalpi talabni miqdoriy ko‘rsatkichi sifatidagina qaraladi.
Bozorda doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan firmalar o‘zlariga mos keluvchi talab
miqdoriga ega. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab miqdori yalpi talabning funksiyasi
sifatida bozorda muayyan firmaning mumkin bo‘lgan va amaldagi ulushini
ifodalaydi. U holda firma o‘z mahsulotlariga talab funksiyasi va firmaning
ishtiyoqlari funksiyasi sifatida yalpi talab ham o‘zgarib turadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin