78
bozor esa kengaymaydigan bozor deb ataladi. Marketing faoliyatining yanada
kuchayib borishi etuklik bosqichiga etgan bozorning hajmiga ta’sir qilmaydi.
Shunday qilib, kengaymaydigan bozorda uning hajmi aniq belgilab qo‘yilgan
bo‘ladi. Savdo hajmining biror firma foydasiga salgina ortishi muqarrar ravishda
uning bozordagi ulushi ham ortishini anglatadi.
Bozor salohiyatining mohiyatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar xususida
to‘xtalib o‘tamiz. Mahsulotga bo‘lgan umumiy talab xususiyati talabning o‘zgarishi
va talab hajmining o‘zgarishi singari, bozorning kengligi va undagi xaridorlar
ishtiyoqiga bog‘liq bo‘ladi. Bozor talabi funksiyasi vositasida yalpi talab miqdori
tebranib turadi. YAlpi talab miqdori o‘z navbatida mamlakat, viloyat, tarmoq kabi
ko‘lamlarda, turlicha davr mobaynida o‘ziga xos o‘zgarish xususiyatlariga ega
bo‘ladi. Demak, yalpi talab o‘zining yuqori va quyi chegaralariga ega bo‘ladi. Jami
talabning yuqori chegarasini ifodalovchi miqdor bevosita bozor salohiyatini aks
ettiradi.
U holda bozor salohiyati yalpi talab miqdorini aks ettiradigan ko‘rsatkich
bo‘lib hisoblanadi. Bozor salohiyati ayrim adabiyotlarda bozor sig‘imi tushunchasi
bilan tenglashtiriladi. Lekin, ko‘pgina xorijiy adabiyotlarda salohiyat tushunchasi
yalpi talabni miqdoriy ko‘rsatkichi sifatidagina qaraladi.
Bozorda doimiy faoliyat ko‘rsatayotgan firmalar o‘zlariga mos keluvchi talab
miqdoriga ega. Firma mahsulotiga bo‘lgan talab miqdori yalpi talabning funksiyasi
sifatida bozorda muayyan firmaning mumkin bo‘lgan va amaldagi ulushini
ifodalaydi. U holda firma o‘z mahsulotlariga talab funksiyasi va firmaning
ishtiyoqlari funksiyasi sifatida yalpi talab ham o‘zgarib turadi.
Dostları ilə paylaş: