O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə58/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

kommunikasiya va reklamalar (Communication).
Nazorat qilinmaydigan omillarga kelsak, ular firma bozorda duch keladigan
cheklashlarni ifodalaydi. Ular keng ko‘lamli beshta toifaga ajratish mumkin:
-xaridorlar tomonidan cheklashlar: firma ularning ehtiyojlarini tushunishi va
avvaldan ko‘ra bilishi hamda ularga moslashtirilgan va ularni jalb qila oladigan
dastur yordamida faoliyat ko‘rsatishi lozim.
-raqobatchilar tomonidan cheklashlar: firma bozorda yakka o‘zi emas, shuning
uchun u o‘zi himoya qila oladigan raqobatli ustunlikni aniqlashi kerak;
-sotish tarmoqlari tomonidan cheklashlar: sotuv tarmoqlari - mustaqil
vositachilar (ulgurji firmalar, distribyutorlar, chakana savdo korxonalari) bo‘lib, ular
o‘z maqsadlariga ega bo‘lsalar-da, firmaning muhim sheriklaridir;
-kompaniyaning o‘zi sabab bo‘lgan cheklashlar: firma o‘z resurslariga, kuchli
va zaif tomonlariga mos keladigan ish rejasini qabul qilishi kerak;
-vaziyatga bog‘liq cheklashlar: talab darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi
muhit, iqtisodiy, ekologik, iqlim va boshqa shu kabi omillar majmuasi.
Marketologning vazifasi - ushbu nazorat qilinmaydigan omillarni belgilash va
tushunish, ularning talabga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirini aniqlash va ularning
kelgusidagi rivojlanishini imkon qadar aniqroq oldindan ayta bilishi lozim.
Nazorat qilinmaydigan omillar - tashkilot va marketing xizmatlari tomonidan
boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlardir. Nazorat
qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida qanchalik jozibali bo‘lmasin, har
qanday reja barbod bo‘lishi mumkin. SHuning uchun tashqi muhitni muntazam
kuzatish, uning ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi, kutilmagan vaziyatlar sodir
bo‘lganda qilinadigan ishlar rejada ko‘zda tutilishi kerak. Quyidagi nazorat




82

qilinmaydigan omillarni hamisha hisobga olish va oldindan ko‘ra bilish talab qilinadi:
iste’molchilar, raqobat, hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot 
vositalari. 
Demak, yuqoridagilardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, firma yoki korxonaning
butun faoliyati to‘la-to‘kis bozor munosabatlarni mujassamlashtiradi. Firma va bozor
tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan iqtisodiy
kategoriyalar hisoblanadi. CHunki firmalar faoliyatisiz bozor bo‘lishi mumkin emas.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib,
dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni
egallashiga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi o‘zgarishlar - bozor
munosabatlari sabab bo‘ladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin