83
ko‘rib chiqamiz.
Iste’mol bozori - uy xo‘jaliklari va individual xaridorlarning o‘z ehtiyojlari
uchun sotib oladigan barcha tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol bozori
ko‘lamini o‘rganishda uni bir qancha belgilariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xususan,
tovarlarni iste’mol qilish davriyligiga ko‘ra ularni:
• uzoq muddatli iste’mol tovarlari;
• qisqa muddatli iste’mol tovarlari;
• xizmat turlariga ajratish mumkin.
Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko‘ra esa ularni:
• kundalik iste’mol tovarlari;
• dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar;
• alohida talabga ega bo‘lgan tovarlar;
• passiv talabdagi tovarlarga bo‘lish mumkin.
Ushbu turkumlash belgisi va tegishli guruhlarga kiruvchi tovarlar xususida
batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Ko‘pgina hollarda kundalik iste’mol tovarlari guruhiga faqat oziq-ovqat
mahsulotlarini kiritish bizning mamlakatimiz aholisi uchun ko‘nikma bo‘lib qolgan.
Chunki dastlabki ma’muriy iqtisodiyot tizimidagi keng ko‘lamdagi ixtisoslashuv
bevosita iste’mol bozorida ham takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko‘pgina firmalar
va savdo shaxobchalari xorijiy tajriba va savdo qilishdagi mahalliy ko‘nikmani
nazarda tutib, kundalik iste’mol tovarlarini bir muncha to‘g‘ri shakllantirishga
yondashmoqdalar.
Kundalik iste’mol tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar,
kir yuvish va tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda tovarlar, ayrim
kanselyariya tovarlari, kundalik ro‘znomalar, ommabop jurnallar va hokazolarni
kiritish mumkin.
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish jadalligiga ko‘ra ularni o‘z
navbatida yana 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin:
a) doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar;
b) impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar;
84
v) favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar.
Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar - xaridorlar tomonidan dastlabki
ko‘nikmaga, odatga ko‘ra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib olinadi. Masalan, oila uchun
ko‘nikmadagi non mahsuloti turi, xo‘jalik sovuni, o‘simlik yog‘i va hokazolar.
Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar guruhiga esa xaridor doim ular haqida
o‘ylamaydigan, lekin uchrashi bilan xarid qilinadigan tovarlar kiradi. Masalan,
saqichlar, shokolad batonlari, televizion ko‘rsatuvlar dasturi bo‘lgan jurnal, ro‘znoma
va shu kabilar.
Favqulodda holatlar uchun xarid odatda retseptsiz sotiladigan dori-darmonlar,
uy hashoratlariga qarshi dorilar, zontlar va unga o‘xshash xaridor duch kelgan
sharoitdagina zarur bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi.
Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar safiga: mebellar, kiyim-kechaklar,
uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda,
dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar
o‘xshash (sifat jihatidan bir-biriga yaqin, lekin dizayni va narxi jihatidan
farqlanadigan) hamda alohida ko‘rinishdagi (rangi, fasoni, navi jihatidan) xaridor didi
va holatiga mos bo‘lgan tovarlarga bo‘linadi.
Iste’mol tovarlari turkumi
Kundalik
iste’mol
tovarlari:
a) doimiy talabdagi asosiy
tovarlar;
b) impulsiv tarzda sotib
olinadigan tovarlar;
v)
favqulodda
holatlar
uchun tovarlar
Dastlabki
tanlov
asosida
olinadigan tovarlar:
a) o‘xshash tovarlar;
b)
alohida
ko‘rinishdagi
tovarlar.
Alohida
talabdagi
tovarlar
Passiv
talabdagi
talablar
Dostları ilə paylaş: