79
bosimidan qat’iy nazar, kengayib bormoqda.
SHu munosabat bilan ikki tushunchani: bozorning «mutlaq» salohiyati bilan
bozorning «joriy» salohiyatini bir-biridan farqlash lozim.
- Bozorning joriy salohiyati tushunchasiga yuqorida ta’rif berildi, u 4.2 -
rasmda tasvirlangan, uni amalga oshirish raqobatchilar tomonidan ko‘rsatilayotgan
marketing bosimi darajasiga bog‘liqdir.
- Bozorning mutlaq salohiyati maksimal talabga mos keladi, ya’ni bunda
potensial iste’molchilar tovarni har safar optimal miqdorda iste’mol qiladilar.
Shunday qilib, bozorning mutlaq salohiyati uning joriy salohiyatining yuqori
chegarasiga mos keladi. Ushbu ikki tushuncha o‘rtasidagi nisbat quyidagi rasmda
tasvirlangan.
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bozorning mutlaq salohiyati tushunchasi bozor
hajmi tushunchasiga yaqin bo‘lib, bu tushuncha tovar «erkin» bo‘lganda, ya’ni
mutlaqo tekin narxda taklif qilinganda uning bozor tomonidan qabul qilinishi
mumkin bo‘lgan hajmini tavsiflaydi. Amalda esa bozor salohiyati har doim tovarning
aniq narxi uchun aniqlanadi.
Shunday qilib, bozorning mutlaq salohiyatini bozordagi talab intiladigan
chegara sifatida tushunish lozim. Bu tushunchaning foydaliligi shuki, u mazkur bozor
ega bo‘lgan iqtisodiy imkoniyat ko‘lamini baholashga imkon beradi. Bozorning
mutlaq salohiyatini hisoblashda uch fikrga asoslaniladi:
- tovarning har bir potensial iste’molchisi real foydalanuvchidir;
- har bir foydalanuvchi tovardan foydalanish imkoniyati vujudga kelgan har bir
holatda undan foydalanadi;
- tovardan har safar optimal miqdorda foydalaniladi.
4.3-rasmda bozorning mutlaq salohiyatining vaqtga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Uning evolyusiyasi iste’molchilarning odatlaridagi o‘zgarishlar, madaniy qiymatlar,
daromad va narx-navolar, texnologiyalar, davlat me’yorlari va shu kabi tashqi
omillarga bog‘liqdir. Firma bevosita nazorat qila olmaydigan ushbu omillar
bozorning rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ba’zan firmalar bu
tashqi sabablarga bilvosita ta’sir ko‘rsata olishlari mumkin (masalan, lobbi
80
vositasida), biroq ularning imkoniyatlari cheklangan. Shuning uchun firmaning
asosiy xatti-harakatlari muhitdagi o‘zgarishlarni avvaldan bilishga qaratilgan bo‘ladi.
Birlamchi
talab
Q1 = Joriy
potеnsial (t1)
Mutloq potеnsial
t1
Vaqt
Dostları ilə paylaş: