O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə53/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Segmentlashning qanday turlarini bilasiz?
2. Differensiasiya va segmentasiya o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib bering.
3. Bozorni qamrab olish strategiyasini va uning turlarini izohlab bering.
4. Tovarni pozitsiyalash deganda nimani tushunasiz?
5. Mikrosegmenlash tahlili necha bosqichdan iborat?
6. Makrosegmentlashda asosiy bozorning tuzilishi qanday tahlil qilinadi?
7. Bozor chuqurchasi deganda nimani tushunasiz?
8. Differensiyallangan marketing strategiyasining mazmunini ifodalab bering.
9. Bozorni segmentlashni qanday usullari mavjud?
10. Gipersegmentlash deganda nimani tushunasiz?





75



4-BOB. BOZORNING JALB ETUVCHANLIGI TAHLILI 

4.1. Talabni tahlil qilishning asosiy konsepsiyalari 

Eng oddiy holda tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab ma’lum bir joyda va


ma’lum bir vaqtdagi savdo hajmiga teng bo‘ladi. Avvalo talabning ikki darajasi:
butun bozordagi jami (yoki global) talab va firmaning mahsulotiga yoki markaga
bo‘lgan talab o‘rtasidagi farqni aniq ajratib olish kerak.
Bozordagi talab - ma’lum bir joyda va ma’lum bir davrda, markalar majmuasi
yoki raqobatchi firmalar uchun tovar bozoridagi (tarmoq yoki bozordagi) umumiy
savdo hajmidir.
Buni inobatga olsak, gap “birlamchi talab” haqida yoki ehtiyojning muayyan
toifasiga mos keladigan talab haqida bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, bu ta’rif avval
asosiy bozorning aniqlab olinishini ko‘zda tutadi.
Firmaning mahsulotiga bo‘lgan talab (markaga bo‘lgan talab) deb bozordagi
talabning bir qismiga aytiladi va u tovarning asosiy bozorida firma yoki marka
egallab turgan bozor ulushiga mos keladi.
Shuni tushunish muhimki, birlamchi talab ham firmaning mahsulotiga bo‘lgan
talab kabi reaksiyaning funksiyasi bo‘lib, bu funksiyaning darajasi talab determinanti
deb ataluvchi bir qator omillarga bog‘liqdir. Ushbu birlamchi talab determinantlari
ikki xil bo‘ladi: nazorat qilib bo‘lmaydigan muhit omillari va marketing omillari.
Marketing omillari - bu bozorda raqobatlashayotgan firmalar tomonida qilinadigan
marketing harakatlari majmuasi, ya’ni umumiy marketing bosimidir. Korxonaning
bozordagi o‘z holatini o‘rganish uslublariga alohida korxona bozori kattaliklari,
bozor tendensiyalari, undagi mo‘‘tadillik, segmentlash va bozorni o‘zlashtirish
kabilar kiradi (4.1-rasm)
Odatda talab funksiyasining “S” shaklida bo‘lishi umumiy marketing bosimi
oshib borgan sari reaksiyaning kuchayish tezligi avval ortib borib, so‘ngra
pasayishini anglatadi.
Marketing bosimi nolga teng bo‘lganda talab darajasi Q
0
eng kam bo‘ladi;




76

oraliq daraja E(Q) umumiy bosim M sharoitida kutilayotgan talabga mos bo‘ladi.
Agar umumiy marketing bosimi ortib borsa, talab ham kuchayadi, biroq uning tezligi
kamayib boradi.

Bozor
paramеtrlari

Bozor tеndеnsiyalari

Bozordagi mo`tadillik

Bozor sеgmеntasiyasi

Bozorni o`zlashtirish

Alohida korxona bozori


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin