O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə52/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Pozitsiyalash strategiyalari. Firma maqsadli segmentni tanlab olgach, har bir
segmentda qanday pozitsiyani egallash kerakligini hal qilishi kerak. Bu qarorning
ahamiyati shundaki, u marketing dasturini ishlab chiqishda asos vazifasini o‘taydi.
Pozitsiyalash firmaning maqsadli xaridorlar tomonidan qanday qabul qilinishini
belgilaydi. Unga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Pozitsiyalash - tovarning imijini xaridorning ongida raqobatchi tovarlarnikidan
farqli ravishda munosib o‘rin egallaydigan tarzda ishlab chiqish va yaratishdir.
Bozorni pozitsiyalashtirish – bu alohida bozor segmentlarida mahsulot pozitsiyasini
aniqlash
texnologiyasidir.
Pozitsiyalashtirishning
maqsadi
-
mavjud
va
shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning guruhini mahsulot




73

parametrlariga bo‘lgan munosabatini baholash tahlilidan, maqsadli bozorni ushbu
segmentida mahsulotni raqobatli afzalligini ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini
marketing chora-tadbirlarini o‘tkazish yo‘li bilan tuzishdan iborat.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish uchun maqsadli bozorni tanlash va
pozitsiyalashtirish strategiyasi iste’molchilar bilan aloqalarni o‘rnatish, yangi
tovarlarni ishlab chiqish, siljitish va boshqalar uchun asos hisoblanadi. SHunday
qilib, pozitsiyalash strategiyasi differensiyalash strategiyasini amalga oshirish
vositasidir. Odatda bu bosqichda quyidagi savollar vujudga keladi:
- Xaridorlar ko‘proq ijobiy nazar bilan qaraydigan (haqiqiy yoki his
qilinadigan) xususiyatlar va yoki foydalar qanday?
- Raqobatlashuvchi markalar va firmalarning ushbu xususiyatlar va foydalarga
nisbatan pozitsiyalari qanday qabul qilinmoqda?
- Muayyan
segmentda
potensial
xaridorlarning
istak-xohishlarini
va
raqobatchilar tomonidan egallab bo‘lingan pozitsiyalarni hisobga olgan holda qanday
pozitsiyani egallagan ma’qul?
- Tanlab olingan pozitsiyani egallash va himoya qilish uchun qanday marketing
vositalari mos keladi?
Differensiasiyalangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab
chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar
uchun zarurdir.
Mahsulot differensiasiyasi turli bozorga chiqishning keyingi imkoniyatidir. Bu
birinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikasiya strategiyasini olib borishga
asoslanadi.
Konsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foydali
segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab qiladi. Bu
bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda maqsadli
marketing dasturi bilan yondashadi. O‘z mazmuniga ko‘ra, bu strategiya bozor
chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida ishlash
kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun ko‘proq mos
keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentrlangan marketing strategiyasi ko‘proq kichik va




74

o‘rta korxonalar uchun mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash
uchun hamda katta etarli moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab etilmaydi.
Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifning muhim
tavsifnomalarini, xarid to‘g‘risida qaror qabul qilishda mo‘ljal bo‘lib hisoblanuvchi
omillar ta’sirini o‘rganish zarur. Aniqlovchi omillar esa mahsulot sifati, sifat darajasi,
ishonchliligi, tashqi ko‘rinishi va tovar raqobatbardoshligining boshqa ko‘rsatkichlari
bo‘lishi mumkin. Bozorni pozitsiyalashtirishni to‘g‘ri tashkil etishning marketing
rejasi va kompleksini samarali ishlab chiqish shart-sharoiti bo‘lib hisoblanadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin