70
hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun
maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin.
Imkoniy bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlangan va
dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi
segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat bo‘lmagan, lekin katta vaqt
xarajatlarini talab qiladi. Dispersli uslub bir vaqtning o‘zida bir necha bozor
segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini
baholash yo‘li bilan samaraliroq bozorni tanlaydi.
Foydali bo‘lgan segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o‘sish
sur’atiga, yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga aniq va raqobatga
chidamli bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: