O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Ijtimoiy-demografik segmentlash -



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə46/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Ijtimoiy-demografik segmentlash - segmentlashning bilvosita usuli bo‘lib,
iste’molchilar qidirayotgan ustunlikdagi farqlarni aynan ijtimoiy-demografik
tafovutlar belgilaydi.
Erkak va ayollarning kiyim-kechak, bosh kiyimlar, kosmetika, zargarlik
buyumlari kabi tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlari turlichadir, xuddi shunday tafovutni
yoshlar va keksalar, daromadi yuqori va past bo‘lgan tabaqalar, shahar va qishloq
aholisi o‘rtasida ham kuzatish mumkin. SHu tariqa, ijtimoiy-demografik mezonlar
ehtiyojlarning indikatori sifati foydalaniladi.
Ijtimoiy-demografik segmentlashda eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar
iste’molchining yashash joyi, jinsi, yoshi, daromadi, ijtimoiy sinfi kabi rivojlangan
mamlakatlarda olish oson bo‘lgan ma’lumotlardir. Amalda ijtimoiy-demografik
segmentlash bir paytning o‘zida ikki yoki uchta ko‘rsatkichga tayanadi.




66



Ijtimoiy-demografik segmentlashning foydaliligi. Bu usulda ijtimoiy-
demografik ko‘rsatkichlarni o‘lchash osonligi tufayli undan ko‘proq foydalaniladi.
Sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni statistika
institutlari, ijtimoiy sug‘urta kopmaniyalari kabi rasmiy manbalardan bevosita olish
mumkin.
So‘nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda jiddiy ijtimoiy-demografik
o‘zgarishlar yuz berdi. Ular ichida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: tug‘ilish
kamaydi; o‘rtacha umr uzaydi; ishlovchi ayollar soni ko‘paydi; oila qurish kechika
boshladi; ajralishlar soni ko‘paydi; to‘liq bo‘lmagan oilalar soni ko‘paydi.
Bu o‘zgarishlar turmush tarziga va iste’mol shakllariga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Ular bozorda yangi segmentlar yaratadi va ayni paytda mavjud
segmentlardagi talablarni ham o‘zgartiradi. Masalan:
-bank xizmatlari, faol xordiq chiqarish, tibbiy xizmat ko‘rsatishga nisbatan
keksa yoshdagilar (65 yoshdan katta) segmenti;
-to‘liq bo‘lmagan oilalar segmenti: bo‘ydoqlar, ajrashganlar, bevalar;
-xarid qobiliyati yuqori, ammo bo‘sh vaqti cheklangan va ikki kishi
ishlaydigan oilalar segmenti;
-vaqtni tejashga yordam beradigan barcha tovar va xizmatlarga (mikroto‘lqinli
pechlar, oziq-ovqat yarim fabrikatlari, tez xizmat ko‘rsatish restoranlari) katta e’tibor
beradigan ishlovchi ayollar segmenti.
Ijtimoiy-demografik ma’lumotlardan foydalanishdagi asosiy yo‘nalishlar
quyidagilardan iborat:
-segment yoki bozorning ijtimoiy-demografik yo‘nalishini aniqlash;
-tanlangan ijtimoiy-demografik guruhga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli katta bo‘lgan
kommunikasiya vositalarini tanlash;
- yangi tovarning potensial xaridorlarini aniqlash;
- xaridorlar soniga qarab bozorni miqdoriy baholash.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin