O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə43/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Yangi segmentlarni qidirish. Makrosegmentlashning bayon qilingan tahlili
ayni paytda yangi potensial segmentlarni topish imkoniyatini beradi. Bu maqsadda 
quyidagi savollarga javob topish foydalidir: 
-talab qilinayotgan funksiyalarni bajarish uchun boshqa texnologiyalar
mavjudmi?
-takomillashtirilgan tovar qo‘shimcha funksiyalarni bajara oladimi?
-o‘xshash ehtiyojlar yoki funksiyalarga ega bo‘lgan boshqa xaridorlar guruhlari
bormi?
-ba’zi xaridorlarning ehtiyojlarini funksiyalar sonini kamaytirgan holda
(masalan, mos ravishda narxlarni pasaytirib) yaxshiroq qondirish mumkinmi?
-funksiyalar, tovarlar yoki xizmatlarning bir butun, yaxlit holda sotishga
yaroqli (qisqartirilgan yoki kengaytirilgan) yangi to‘plamlari bormi?
Yangi segmentlash usulining topilishi firmaga o‘z raqiblari oldida kuchli
raqobatli ustunlik keltirishi mumkin.
Asosiy bozorni qamrab olish strategiyasi. Bozorni qamrab olish strategiyasi
har bir segmentga nisbatan jalb qilinuvchan raqobatbardoshlikni tahlil qilish asosida
tanlanadi. Firma bozorni qamrab olishning turli strategiyalarini ko‘rib chiqishi
mumkin:
Konsentrasiya yoki fokuslanish strategiyasi: firma tovar bozori, funksiya yoki
iste’molchilar guruhiga nisbatan o‘z faoliyat sohasini tor darajada belgilaydi. Bu
bozorda aniq belgilangan sohada yuqori ulushni egallashga intilayotgan mutaxassis
strategiyasidir.
Funksional mutaxassisning strategiyasi: firma bir funksiyada ixtisoslashishni
afzal ko‘radi, biroq shu funksiyaga, masalan, sanoat tovarlarini omborlarga
joylashtirish funksiyasiga qiziqqan barcha iste’molchilar guruhlariga xizmat
ko‘rsatadi.
Mijoz bo‘yicha ixtisoslashish strategiyasi: firma mijozlarning ma’lum bir




62

toifaga (kasalxonalar, mehmonxonalar) ixtisoslashadi va o‘z mijozlariga keng
assortimentli tovarlarni yoki qo‘shimcha, yoki o‘zaro bog‘liq funksiyalarni
bajaradigan asbob-uskunalar majmualarini taklif qiladi.
Selektiv ixtisoslashish strategiyasi: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli
bozorlarga turli xil tovarlarni chiqarish; bu diversifikasiyalashga qaratilgan
opportunistik strategiyadir.
To‘liq qamrab olish strategiyasi: iste’molchilarning barcha guruhlarini
qoniqtiradigan to‘liq assortiment taklif qilinadi.
Ko‘pchilik hollarda bozorni qamrab olish strategiyalari faqat ikki jihatdan:
funksiyalar va iste’molchilar guruhi jihatidan ifodalanishi mumkin, chunki odatda
firma
muqobil
texnologiyalar
mavjud
bo‘lsa ham, faqat ma’lum bir
texnologiyagagina ega bo‘ladi.
Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik. Ma’lumki, djem eritilgan pishloq va
shokolad pastasi bilan bevosita raqobatdadir. Ushbu uch sektordagi ishlab chiqarish
talablari bir-biridan keskin farq qilsada, mevalarni qayta ishlash sektorida faollik
ko‘rsatayotgan firmalarning birortasi oraliq sektorlarda sanoat korxonalariga ega
emas.
Agar asosiy bozor turli texnologiyalarni ham o‘z ichiga olsa, bozorni qamrab
olish strategiyasiga “texnologiyani” o‘lchash ham kiradi, masalan, tibbiy tashxis
bozorda “Djeneral elektrik” firmasi mavjud texnologiyalarning bir necha xiliga
egadir.
Turli raqobatchilar o‘z asosiy bozorlarini har bir sektorda bir xilda
aniqlamasligi mumkin. Biror bir tovarga ixtisoslashgan firma ayni shu tovarga
qiziqadigan mijozlarning ma’lum bir toifasiga ixtisoslashgan raqobatchiga duch
kelishi mumkin. Birinchi raqobatchi o‘zining ishlab chiqarish hajmini hisobga olgan
holda ikkinchi raqobatchiga nisbatan harakatlarda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin,
ayni paytda ikkinchi raqobatchi savdo-sotiq va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida
samaraliroq ishlashi mumkin.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin