67
segmentlashni tavsiflovchi segmentlash ham deb ataladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy-demografik segmentlashning
prognozlash qobiliyati pasayib boradi, chunki ularda turli ijtimoiy sinflarning
iste’mol uslublari toboro standartlashib boradi. Xaridorlarning xulq-atvorini izohlash
va oldindan ayta olish uchun ijtimoiy-demografik segmentlashda qo‘shimcha
ravishda tahlilning boshqa usullaridan ham foydalanish zarur. Bunday tashqari,
bunday segmentlash markalardan birortasini tanlashda katta samara bermaydi.
Bundan manfaatlarga ko‘ra va ijtimoiy-madaniy segmentlash dolzarbligi kelib
chiqadi.
Foyda olish bo‘yicha segmentlash - insonlar oladigan naflarning har
xilligidan kelib chiqadi. Bu guruh iste’molchilari arzon narxli yaxshi ishlaydigan
soatlar sotib oladi, agarda ular 1 yil davomida buzilsa, ular boshqasi bilan
almashtiriladi.
1. “Chidamlilik va sifat segmenti” - bu guruh xaridorlari uzoq muddat
ishlaydigan sifatli, chiroyli soatlarni sotib oladilar va bunga yuqori narx to‘laydilar.
2. “Simvolizm” segmenti - bu guruh xaridorlari o‘ziga xos xarakterli, estetik va
emosional qiymatga ega bo‘lgan soatlar bilan qiziqadilar. Bularga obro‘li markalarga
bo‘lgan soatlarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy-madaniy segmentlash xuddi naf olish va ijtimoiy demografik
segmentlash kabi xaridorni tovarga bo‘lgan ehtiyoji bir xil yoki shu guruhni o‘zida
boshqalar bo‘lishini o‘rganadi. Bu erda masala xaridorni qiziqishi, fikri, faolligi,
qadriyati kabi hayot tarzini yaratishga qaratiladi. Hayot tarzi bo‘yicha segmentlash
psixografik segmentlash ham deb yuritilib, motivasiya sohasida va yakka iste’mol
jihatlari bo‘yicha yana ham ilgari siljishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: