O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Iste’mol sektoridagi xizmatlarga bo‘lgan talab



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə61/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Iste’mol sektoridagi xizmatlarga bo‘lgan talab xuddi iste’mol tovarlariga
bo‘lgan talabni aniqlagandagidek yo‘l bilan aniqlanadi. Bunda potensial iste’mol
birliklarining xizmatdan foydalanish darajasi yoki tezligiga to‘g‘ri keladigan miqdori
asos qilib olinadi. SHu bilan birga xizmatlar talabni tahlil qilishda e’tiborga olish
lozim bo‘lgan ba’zi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu xususiyatlar xizmatlarning
moddiy emasligi va saqlanmasligidan kelib chiqadi. Xizmatdan foydalanish uchun
shu xizmatni ko‘rsatuvchi shaxs yoki servis tashkiloti bilan bevosita muloqot
o‘rnatish zarur.
Sanoat tovarlariga bo‘lgan talab. YUqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sanoat
sektoridagi talab - ishlab chiqarish talabidir. Bunday talab sotib olingan tovarlardan
boshqa tashkilotlar yoki pirovard iste’molchilarning talabini qondirish maqsadida o‘z
ishlab chiqarish tizimida foydalanadigan tashkilotlarda paydo bo‘ladi. Demak, sanoat
tovarlari va yoki xizmatlariga bo‘lgan talab kelgusida qondirilishi kerak bo‘lgan bir




89

yoki bir necha manbalarga bog‘liq bo‘ladi.
SHuning uchun operasion marketing uchun mas’ul bo‘lgan xodim o‘zining
bevosita mijozlarining talabinigina emas, balki bevosita mijozlar xizmat
ko‘rsatadigan mijozlarning talablarini ham bilishi va oldindan ko‘ra olishi lozim. Aks
holda u g‘oyatda reaktiv faoliyat bilangina cheklanishga majbur bo‘ladi.
Sanoat tovarlariga bo‘lgan talab ularning sarflanadigan materiallar, yarim
tayyor mahsulotlar yoki pirovard mahsulot ekanligiga qarab turlicha tarkiblanadi.
Bazi tavofutlarni hisobga olmagan holda, talabni baholash uchun zarur bo‘lgan
dastlabki ma’lumotlar iste’mol tovarlari uchun talab qilinadigan ma’lumotlardan farq
qilmaydi.
Sarflanadigan materiallarga bo‘lgan talab. Iste’mol tovarlariga eng yaqin
toifa firma o‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan va pirovard mahsulotlarga
o‘tmaydigan sarflanadigan materiallardir. Bu holda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lish lozim: potensial foydalanuvchi tashkilotlar soni (o‘lchamiga qarab);
o‘lchamiga qarab saralangan real foydalanuvchilar soni; bir real foydalanuvchi
hisobiga to‘g‘ri keladigan faollik darajasi; faollik birligiga to‘g‘ri keladigan birlik
iste’mol darajasi (texnik koeffitsient).
Iste’mol darajalari - tovarning oson tanib olinadigan texnik tavsifnomalaridir.
Korxonalarning o‘lchami va faollik darajasiga ko‘ra taqsimotini turli sanoat
ma’lumotnomalaridan osonlik bilan topish mumkin.
Sanoat tovarlarining ikkinchi toifasiga sanoat mijozi tayyorlaydigan
mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladigan yoki uning tarkibiga kiritiladigan
oraliq mahsulotlar kiradi. Bu holda talab mijozning ishlab chiqarish hajmiga bevosita
bog‘liq bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘ladi:
-potensial iste’molchi korxonalar soni (o‘lchamiga qarab);
-real iste’molchi korxonalarning ulushi (o‘lchamiga qarab);
-bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmi;
-pirovard mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan birlik foydalanish darajasi
(texnik koeffitsient).
Bu toifaga ko‘psonli avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi ko‘psonli




90

korxonalar kiritiladi. Avtomobillarga bo‘lgan iste’mol talabining o‘zgarishi
ertami-kechmi detallarni ishlab chiqaruvchilarga qaratilgan talabning o‘zgarishiga
aylanadi. Demak, pirovard talab evolyusiyasini sinchiklab kuzatish o‘z mahsulotiga
bo‘lgan talabni avvaldan ko‘ra bilishni istagan korxonalar uchun muhimdir.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin