O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə69/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Tushish bosqichi. Tushish bosqichi talabning pasayishida namoyon bo‘ladi.
Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:
-texnologik taraqqiyot ta’siri ostida yangi, mukammalroq tovarlar paydo
bo‘ladi va ular bir xil funksiyani bajaradigan mavjud tovarlarni siqib chiqaradi;
-istak-xohishlar, ta’blar va iste’mol ko‘nikmalari vaqti o‘tishi bilan o‘zgaradi
va tovarlar modadan qoladi;
-muhitdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar xavfsizlik, gigiena,
ekologik himoya me’yorlarining o‘zgarishi natijasida tovarlar eskiradi yoki ular
taqiqlab qo‘yiladi.
Savdo hajmi va daromad istiqbollari kamayganligi tufayli, ba’zi firmalar o‘z
investitsiyalarini qaytarib olib, bozorni tark etadilar; boshqalari esa, aksincha, agar
biror iqtisodiy manfaat bor bo‘lsa va agar tushish sekin borayotgan bo‘lsa, qoldiq
bozorlarda ixtisoslashishga urinadilar. Ba’zan uchrab turadigan bozorning qayta
tiklanish hollarini hisobga olmaganda, texnologik jihatdan eskirgan tovarni ishlab
chiqarish muqarrar ravishda to‘xtatiladi.

4.4. Talabni bashorat qilish uslublari 

Bozor bashorati - bu belgilangan uslub doirasida, haqiqiy axborot asosida, uni


ehtimol bo‘lgan xatolarini baholash bilan bajarilgan talab, tovar taklifi va narx
rivojlanishi istiqbollarini ilmiy asosda oldindan ko‘ra bilishdir.
THD modelidan foydalanish muayyan tovar bozoridagi birlamchi talab




100

evolyusiyasiga oid sifat yoki miqdoriy prognozlarni ifodalash qobiliyatini ko‘zda
tutadi. Ushbu muammo so‘nggi o‘n yillikda kuzatilayotgan muhitning turbulentligi
va tub o‘zgarishlar oqibatida g‘arb mamlakatlarida g‘oyatda murakkablashib ketdi.
Aslida esa bashoratlash barcha firmalar muqarrar ravishda ochiq yoki yashirin
shaklda bajarishi lozim bo‘lgan majburiyatdir.
Bashorat qilish usullarining tipologiyasi. Bashoratlash usullarini ikki mezon
bo‘yicha tasniflash mumkin bo‘lib, bu mezonlar bashoratlash jarayonining
sub’ektivlikdan erkinlik darajasi va ushbu jarayonning ko‘proq yoki kamroq darajada
tahliliy bo‘lishidir. Ushbu o‘lchashlarning qutblarida sub’ektiv va ob’ektiv usullar
hamda sodda va sabab-oqibat usullari yotadi.

Mikdoriy tahlil sohasi

IZOXLOVCHI
MODELLAR

EKSPERTIZA


Sifat tahlili sohasi

Sodda usullar

Tahliliy usullar

EVRISTIK VA
EKSTRAPOLYATSION
USULLAR

INTUITSIYA

Obyektivlik

Subyektivlik





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin