O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


-rasm. Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini ko‘rinishi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə65/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

4.5-rasm. Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini ko‘rinishi

Tovarni bozorga olib kirish bosqichi. Tovarni kiritish bosqichida model
muhitga xos bo‘lgan to‘rtta guruh omillar ta’siri ostida tovar savdosining anchagina
sekin rivojlanishini ko‘rsatadi.
Firma oldida ushbu bosqichda hali etarlicha o‘zlashtirilmagan texnologiya 
bilan bog‘liq muammolar vujudga kelishi mumkin. Bundan tashqari, ishlab chiqarish
jarayonini tanlashda mavhumlik saqlanishi mumkin. SHuning uchun firma bozorni
talab qilinayotgan sur’atda ta’minlab tura olmaydi.
Sotish 
tarmoqlari,
ayniqsa yirik sotish tarmoqlari hali o‘zining
samaradorligini isbotlamagan tovarga nisbatan ehtiyotlik qilishi mumkin. Bundan
tashqari, sanoat tovarlarining distribyutori avval tovar bilan, uning texnik
tavsifnomalari va asosiy qo‘llanish variantlari bilan o‘zi tanishib olishi lozim.




94

Potensial xaridorlar o‘z iste’mol odatlarini o‘zgartirishga shoshilmaydilar,
ularning faqat innovasiyalarga eng moyil bo‘lganlari esa yangilikning mavjudligi
haqida axborotga ega bo‘lib, tovarni asta-sekin qabul qiladilar.
Muhitning to‘rtinchi omili raqobatdir. Umuman olganda, novator firma
bevosita raqobat yo‘qligida bozorda yagona firma bo‘lib, hech bo‘lmaganda
innovasiyaning patent asosida himoyalanish jarayoniga qarab ma’lum muddat
davomida yagona firma bo‘lib qoladi. Ammo o‘rinbosar tovarlar juda kuchli
raqobatchi bo‘lib, talabning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.
Ushbu bosqich yuqori darajada mavhumdir, chunki texnologiya hali rivojlanish
bosqichida, raqiblar noma’lum, bozor esa aniq belgilab olinmagan bo‘lib,
axborotning yo‘qligi juda bilinadi. Innovasiya qanchalik inqilobiy xarakterda bo‘lsa,
mavhumlik shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tovarni chiqarish paytida tovarni kiritish bosqichining muddatini baholash
muhim muammodir, chunki ushbu bosqichda pul oqimlari anchagina manfiy bo‘ladi.
Savdoni rag‘batlantirishga va bozorni axborot bilan ta’minlashga qaratilgan
marketing xarajatlari katta bo‘lib, savdo hajmining katta qismini tashkil qiladi.
Chiqarish hajmi kichik bo‘lganligi tufayli ishlab chiqarish xarajatlari ham yuqori
bo‘ladi. Kapital qo‘yilmalarning amortizasiyasi va ITTKI xarajatlari ham
rentabellikka og‘ir yuk bo‘lib tushadi. Ushbu bosqich qanchalik qisqa bo‘lsa, firmaga
shunchalik yaxshidir. Uning uzunligi xaridorlarning qabul qilish funksiyasi bo‘lib,
uni quyidagi omillardan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin:
- yangi tovar ta’minlaydigan foydalarning muhimligi;
- foydaning yaqqol ifodalanganlik darajasi;
- iste’mol yoki ishlab chiqarish ko‘nikmalariga mos tushadigan yangi tovarga
o‘tishda mijoz uchun katta xarajatlarning yo‘qligi;
- sanoat mijozini innovasiyani qabul qilishga undaydigan raqobatning bosimi.
Ushbu vaziyatda novator uchun strategik ustuvor yo‘nalish mavhumlik
bosqichidan chiqish uchun birlamchi talabni imkon qadar tezroq shakllantirishdir.
Ushbu umumiy maqsad quyidagi vazifalardan iboratdir: tovarning mavjud ekanligi
haqidagi xabarning keng tarqalishiga erishish; bozorni innovasiya olib keladigan




95

foydalar haqida xabardor qilish; xaridorlarni tovarni sinab ko‘rishga undash; tovarni
savdo tarmoqlariga olib kirish. SHunday qilib, tovarning hayotiylik davrining birinchi
bosqichida ustuvor maqsadlar asosan axborot va axborot xarakteriga ega bo‘ladi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun marketing dasturi quyidagi masalalarga e’tibor
qaratishi lozim:
-tovarning asosiy konsepsiyasi;
-selektiv yoki eksklyuziv sotish tizimi;
-talabning elastiklik darajasining pastligini hisobga olgan holda yuqori narxlar
belgilash imkoniyati;
-informativ kommunikasiya dasturi.
Tovarni bozorga chiqarishning, ayniqsa narx siyosati borasida, turli
strategiyalarini qabul qilish mumkin. Bozorga kirib kelish narxi bilan “qaymog‘ini
olish” narxi o‘rtasidagi farqlar aynan shu bosqichda ayniqsa keskinlashadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin