O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə73/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi. Bozorga kirib kelish ehtimoli katta
bo‘lgan potensial raqobatchilar firma uchun jiddiy xavf-xatar bo‘lib, firma bu xatarni




106

kamaytirishga urinishi, undan o‘zini himoya qilishi, kirish to‘siqlarini vujudga
keltirishi lozim.

Potensial


raqiblar

O`rinbosarlar

Ta'minotchilar

Mijozlar

Sektordagi rakiblar
Ishlayotgan firmalar
o`rtasidagi raqobat

Yetkazib be-


ruvchilarning
savdolashish
qobiliyati

Yangi raqiblarning kirib


kelish xavfi

Mijozlarning


savdolashish
qobiliyati

O`rinbosar tovarlar


xavfi


5.2-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi. 

Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to‘siqlarining balandligiga va


potensial raqobatchiga qaratilgan reaksiya kuchiga bog‘liqdir. Kirish to‘siqlari
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng ko‘lamli ishlab
chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo‘yicha zarar ko‘rish
xavfini vujudga keltirish;
- patentlar beradigan huquqiy himoya;
-xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e’tibor bermaslikka undaydigan
marka imijining kuchi;
-faqat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish emas, balki reklama xarajatlarini qoplash
uchun zarur bo‘lgan kapitalga bo‘lgan ehtiyojlar; 
-xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning
tovariga o‘tishda talab qilinadigan haqqoniy yoki ruhiy qayta qurishga sarflanadigan 
o‘tish xarajatlari; 
-sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvchilar yangi tovarlarni olishda juda
ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish




107

kanalini tashkil qilishga majbur bo‘ladi;
-bozorda mustahkam mavqe egallagan firma ega bo‘lgan tajriba samarasi va
xarajatlar bo‘yicha ustunlik ayniqsa qo‘l mehnati ulushi katta bo‘lgan sohada muhim
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin