O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə76/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

P=f (Q) 
Bu erda: P- bozor narxi – bu bog‘liq o‘zgaruvchi, Q esa taklif etilayotgan
miqdor, bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi. Bunda firma o‘z holatini yaxshilash
maqsadida etkazib berish yoki ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirishi kerak bo‘ladi.
Qisqa muddatli rivojlanishda firma uchun raqobatchilarning ishlab chiqarish hajmini




110

va yangi raqobatchilarning kelishini kuzatib borish muhimdir, chunki bu baholar
dinamikasin oldindan ko‘ra bilish imkonini beradi. Uzoq muddatli o‘sishda firmaning
manfaati o‘z tovarlarining o‘rnini o‘sish darajasini kamaytirish maqsadida ularni
differensiasiyalash yoki xaridorlar uchun o‘tish xarajatlarini yaratish orqali sof
raqobatning namoyonligidan xalos bo‘lishdan iborat. Marka imidjini mustahkamlash
siyosati bilan birga amalga oshiriladigan sifatni jiddiy nazorat qilish orqali shunday
natijaga erishish mumkin. Bu strategiyaga bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini eksport
qiluvchi mamlakatlar amal qiladi, shu bilan o‘z mahsulotlariga bo‘lgan talab va
narxni saqlab qolishga harakat qiladi: masalan, kolumbiya kofesi, ispaniya
apelsinlari, Janubiy Afrika mevalari bu o‘rinda differensiatsiyaga intilish to‘g‘risida
gap ketmoqda.
Oligopoliya - raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o‘zaro
kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma
amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini
qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir
ko‘rsatishiga bog‘liq. Raqobatchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ularning tovarlari
qanchalik kam differensiyalangan bo‘lsa, shunchalik kuchlidir. Oligopoliya vaziyati
ko‘proq tovarlar bozorida etilish darajasida uchraydi, bunda birlamchi talab
kengaytirilib bo‘lmaydigan hisoblanadi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin