O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent – 2019


BOZOR  4.1-rasm. Korxonaning bozordagi o‘z holatini o‘rganish uslublari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə54/160
tarix14.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#179993
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160
Strategik marketing-hozir.org

BOZOR 


4.1-rasm. Korxonaning bozordagi o‘z holatini o‘rganish uslublari

Umumiy marketing bosimi cheksizlikka intilganda talab o‘zining Q


m
maksimal
darajasiga etadi. Birlamchi talabning ushbu maksimal darajasi bozorning joriy
salohiyati tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Birlamchi (global) talab darajasiga faqat bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan
firmalarning marketing bosimi emas, muhitning ijtimoiy-iqtisodiy omillari ham ta’sir
qiladi. Muhit omillarining o‘zgarishi reaksiya egri chizig‘ining 4.2-a rasmdagidek
vertikal siljishiga olib keladi. SHu tufayli egri chiziq bo‘ylab harakatlanish bilan shu
egri chiziqning o‘zining siljishini farqlay olish zarur. Raqobatchilar reaksiya
funksiyasining siljishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydilar, bu siljish faqatgina
tashqi iqtisodiy muhitning holati bilan, masalan iqtisodiy sekinlashish yoki
yuksalishlar bilan belgilanadi.
Birlamchi talab reaksiya funksiyasi sifatida. Bozor salohiyati talabning
ma’lum bir vaqt oralig‘idagi eng yuqori ko‘rsatkichiga mos keladi. Tarmoqdagi
birlamchi talab bilan umumiy marketing faoliyati (o‘zgarmas makromuhit sharoiti
uchun) o‘rtasidagi munosabat quyidagi 4.2- b rasmda ko‘rsatilgan. Agar vertikal o‘q




77

bo‘ylab birlamchi talab va gorizontal o‘q bo‘ylab umumiy marketing faoliyati
qo‘yilsa, javob funksiyasi «S» shaklida bo‘ladi.
Demak, marketing bosimi bir xilda bo‘lganda ham birlamchi talab iqtisodiyot
taraqqiy etgan davrda yuqori va iqtisodiyot susaygan davrda past bo‘ladi. Birlamchi
talabni E(Q) kerakli darajada ushlab turish uchun taraqqiyot davridan turg‘unlik
davriga o‘tilganda marketing xarajatlari M
1
dan M
2
- gacha ko‘payishi kerak (4.2-
rasmga qarang).

Jami
marketi ng


bosi mi


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin