62
toifaga (kasalxonalar, mehmonxonalar) ixtisoslashadi va o‘z mijozlariga keng
assortimentli tovarlarni yoki qo‘shimcha, yoki o‘zaro bog‘liq funksiyalarni
bajaradigan asbob-uskunalar majmualarini taklif qiladi.
Selektiv ixtisoslashish strategiyasi: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli
bozorlarga turli xil tovarlarni chiqarish; bu diversifikasiyalashga qaratilgan
opportunistik strategiyadir.
To‘liq qamrab olish strategiyasi: iste’molchilarning barcha guruhlarini
qoniqtiradigan to‘liq assortiment taklif qilinadi.
Ko‘pchilik hollarda bozorni qamrab olish strategiyalari faqat ikki jihatdan:
funksiyalar va iste’molchilar guruhi jihatidan ifodalanishi mumkin, chunki odatda
firma
muqobil
texnologiyalar
mavjud
bo‘lsa ham, faqat ma’lum bir
texnologiyagagina ega bo‘ladi.
Quyidagi misolni ko‘rib chiqaylik. Ma’lumki, djem eritilgan pishloq va
shokolad pastasi bilan bevosita raqobatdadir. Ushbu uch sektordagi ishlab chiqarish
talablari bir-biridan keskin farq qilsada, mevalarni qayta ishlash sektorida faollik
ko‘rsatayotgan firmalarning birortasi oraliq sektorlarda sanoat korxonalariga ega
emas.
Agar asosiy bozor turli texnologiyalarni ham o‘z ichiga olsa, bozorni qamrab
olish strategiyasiga “texnologiyani” o‘lchash ham kiradi, masalan, tibbiy tashxis
bozorda “Djeneral elektrik” firmasi mavjud texnologiyalarning bir necha xiliga
egadir.
Turli raqobatchilar o‘z asosiy bozorlarini har bir sektorda bir xilda
aniqlamasligi mumkin. Biror bir tovarga ixtisoslashgan firma ayni shu tovarga
qiziqadigan mijozlarning ma’lum bir toifasiga ixtisoslashgan raqobatchiga duch
kelishi mumkin. Birinchi raqobatchi o‘zining ishlab chiqarish hajmini hisobga olgan
holda ikkinchi raqobatchiga nisbatan harakatlarda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin,
ayni paytda ikkinchi raqobatchi savdo-sotiq va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida
samaraliroq ishlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: